Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov
Jamoliddin Bekturdiyevich
4-ilova
Avtomobil elektr jihozlari mavzusi bayoni.
Reja:
1. Avtomobil elektr jihozlarining vazifalari;
2. Avtomobil elektr energiyasi manbalari va iste’molchilari;
3. Hozirgi zamon avtomobillarining elektr jihozlari.
Avtomobil elektr jihozlari ning vazifasi.
Avtomobillar ichki yonuv dvigatellarini ishga tushurish, dvigatellarni bir
maromda ishlashini ta’minlovchi tizimlar va mexanizmlarni nazorat qilish, tovish
va yorug‘lik uchun mo‘ljallangan asboblarni ishlashi hamda ularni elektr
energiyasi bilan ta’minlash vazifasini avtomobil elektr jihozlari bajaradi.
Elektr
energiyasi hozil qiluvchi, va uni uzoq muddat saqlovchi asboblar va jihozlar tok
manbalari, bu energiyani sarflovchi jihozlar va o‘lchov asbolari iste’milchilar
deyiladi. Avtomobillarda elektr energiyasi manbai sifatida akkumuliyatorlar
batareyasi va generatorlar ishlatiladi. Iste’molchilarga startyor,
tovish ishorasi
berish asboblari, yoritish asboblari, nazorat o‘lchov asboblari hamda havo
isitkichlar kiradi.
Elektr energiya manbalari va iste’molchilari.
Avtomobillarning elektr jihozlari asboblari vazifasiga qarab elektr energiya
(elektr toki)
manbalari gruppasiga yoki iste’molchilar gruppasiga kiradi. Elektr
toki manbalari elektr energiyani boshqa turdagi elektr energiyaga-mexanikaviy
yoki kimyoviy energiyaga aylantirish yo‘li bilan hosil qiladi. Iste’molchilar qabul
qilgan energiyani o‘z navbatida yorug‘lik, mexanikaviy, issiqlik energiyasiga
aylantirib beradi.
Generatorlar, akkumulyatorlar batareyasi, elektr energiya
manbalari sifatida foydalaniladi. Generator bosh manba bo‘lib, unda mexanikaviy
energiya elektr energiyaga aylanadi, masalan, akkumulyator batareyalarida esa
kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi.
Ilgari ishlab chiqarilgan
mashinalarga ko‘pincha doimiy tok hosil qiluvchi generatorlar o‘rnatilgan bo‘lsa,
keyingi vaqtda o‘zgaruvchan elektr toki hosil qiluvchi generatorlar keng tarqaldi.
Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
O‘zgaruvchan tok generatorlari o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan qator
konstruktiv afzalliklarga ega bo‘lsada, biroq ular hosil qiladigan tok bir necha
kamchiliklarga ega: bu tok bilan akkumulyatorlarni zaryadlab bo‘lmaydi, u startyor
va ba’zi boshqa asboblarni ta’minlashga yaramaydi. Bu tokni o‘zgarmas tokka
aylantirish zarurati paydo bo‘ladi. Buning uchun generatorlarda maxsus qurilma-
to‘g‘rilagich bo‘lishi lozim. Hozir to‘g‘rilagichlar o‘rnatilgan o‘zgaruvchan tok
generatorlaridan keng foydalanilmoqda.
Avtotraktor elektr jihozlarida ishlatiladigan
elektr tokining nominal ish
kuchlanishi 12 V. Shuning uchun bunday kuchlanish hosil qiladigan manbalar past
kuchlanishli tok manbai
deb ataladi. 12 V kuchlanishli tokdan foydalanishga sabab
quyidagilar: bu tok kishi hayoti uchun xavfli emas; bunday kuchlanishda
izolyatsiyalovchi qurilmalar va simlar izolyatsiyasiga yuqori talab qo‘yilmaydi;
bunday kuchlanish hosil qiluvchi manbalarning gabarit o‘lchamlari va massasi
nisbatan kichik, demak, narxi ham arzon.
Keyingi vaqtda bitta avtomobilga past kuchlanishli ikkita tok manbai
generator va akkumulyator batareyasi o‘rnatilgan bo‘ladi. Dvigatel o‘rta
va tez
aylanishda ishlayotganda generator ulangan iste’molchilarni elektr energiya bilan
ta’minlabgina qolmay, balki akkumulyator batareyasini zaryadlaydi ham. Bu
vaqtda batareya, shuningdek iste’molchiga aylanib qoladi.
Dvigatel ishlamayotganda, uni ishga tushirish vaqtida yoki dvigatel sekin
aylanishda ishlayotganda elektr energiya manbai akkumulyator batareyasi bo‘ladi,
chunki shu paytda generator ishlamaydi yoki oz miqdorda quvvat ishlab chiqaradi.
Batareya ma’lum vaqtgina manba bo‘la oladi: u yig‘ilgan
energiyani
iste’molchilarga sarflab zaryadsizlanadi va sarflangan energiya o‘rnini to‘ldirish
jarayonida uning o‘zi iste’molchiga aylanib qoladi.