-
resurslarning yetarliligi;
-
OTMlarni boshqarish tuzilmasi.
Jahon darajasidagi universitetlarni samarali yaratish yo‘llari quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
-
takomillashtirish (g‘oliblarni saralash) uchun mavjud salohiyatga ega ko‘p
sonli bo‘lmagan faoliyat yurituvchi universitetlarni
hukumat modernizatsiyalashi
mumkin(PF5748 bo‘yicha 2 ta universitetlar TOP-500 va 8 tasi TOP-1000 talikka
kirish);
-
hukumat faoliyat yuritayotgan bir qator OTMlarni birlashtirish va ularni
yangi universitetga (gibrid formulasi) transformatsiyalashga
harakat qilishi mumkin;
-
huqumat noldan («toza varaq» yondashuvi) jahon darajasidagi yangi
universitetni yaratadi.
Masalan, uchinchi yo‘nalishlar yig‘indisi sifatida respublikamizda innovatsion
ta’lim dasturlari bo‘yicha yetakchi xorijiy OTMlar
bilan hamkorlikda amalga
oshirilayotgan yangi O‘zbekiston universitetini misol qilishimiz mumkin.
Postindustiral jamiyatda nafaqat intizomli ijrochilar, balki ijodkorlar ko‘proq talab
etiladi. Asosiy hal qiluvchi rolni mustaqil o‘qishga va bilimlarni uzluksiz yaratishga
qodir bo‘lgan yuqori malakali ishchi kuchi o‘ynaydi.
Zamonaviy dunyoda ta’lim rivojlanishining quyidagi tendensiyalari mavjud:
1.
Umumiy ta’lim davri davomiyligining ortishi.
2.
Uzluksiz ta’limning (butun umr davomida) zarurligi.
3.
Ta’limni individuallashtirish.
4.
Metodologik bilimlar va analitik ko‘nikmalar ahamiyatining ortishi.
Yuqoridagi mazkur tendensiyalar jahon rivojlanishida yetakchilik qiladigan
mamlakatlar misolida bu aniq o‘z aksini topmoqda. Oxirgi yillarda jahon
rivojlanishining tan olingan yetakchisi shubhasiz AQSh hisoblanadi.
AQShda oliy
ta’limni rivojlantirish davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalaridan eng muhimlaridan
biri sanaladi. Umumiy davlat sarf-xarajatlarini qisqartirishlarga qaramasdan,
bunda
ilm-fanni va texnologiyani, ta’lim va ishchi kuchini qayta tayyorlashga investitsiyalar
kiritish doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Zamonaviy bozor iqtisodiyotining
ijtimoiy infratuzilmasi rivojlandi. Mamlakatda oliy ta’limning turli xil shakllari
mavjud. AQSh oliy ta’limining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – bu umumiy ta’lim
beradigan ta’lim muassasalari sonining ko‘pligi. Shu sababadna bunday ta’lim
muassasalarida talabalarga texnik profilga(boshqa so‘z
bilan aytganda, talabalarda
xohlagan tarzda xohlagan yo‘nalishda mutaxassislik olish imkoniyati mavjud) yaqin
bo‘lgan aniq mutaxassisliklarni olish taklif etiladi.
Shuningdek oliy muhandislik
ta’limini beradigan muassasalar ham mavjud.