ILM-FAN VA TA’LIMNING UZVIY BOG‘LIQLIGI: 1.4-rasm. Ilm-fan va ta’limning o‘zaro bog‘liqligi Sohada erishilgan yutuqlarga qaramay, hali hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qator
muammolar mavjud. Ayniqsa, globallashuv va raqamlashtirish davrida aynan
innovatsion yondashuv mamlakat muvaffaqiyatiga zamin yaratadi. Bunday
yondashuvni faqat ilm-fan yutuqlari tufayli qo‘llash mumkin, shuning uchun ilm-fan
taraqqiyoti davlatning innovatsion rivojlanishining muhim tarkibiy qismidir.
O‘zbekiston Respublikasida ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda samaradorligiga
erishish, mehnat unumdorligini oshirish, yangi tarmoqlarni yaratish, aholi turmush
darajasi, ilm-fan va ta’lim tizimlarini sifat jihatidan yuksaltirib borish bilan bog‘liq
muammolarning ilmiy yechimini ta’minlash maqsadida ishlab chiqiladi.
Ilm-fan muammolari iqtisodiy o‘sishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga,
ijtimoiy sohaning dolzarb muammolarini hal qilishga bevosita ta’sir etadi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Ilm-
fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida mazkur yo‘nalishni rivojlantirish
yo‘lidagi 19 ta muammo alohida belgilandi:
birinchidan, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining ilm-fanga e’tibori yuqori
emasligi. Yurtimiz olimlarining texnologik ishlanmalari va ilmiy-tadqiqotlari
natijalarini amaliyotga tatbiq etishga tarmoqlar tomonidan qiziqishning pastligi.
Ta'lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish;
ta'lim oluvchilarda ilmiy tafakkurni rivojlantirish;
pedogog kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirib borish ,
«ustoz
— shogirt » maktab va an'analarini mustaxkamlash
,ilmiy izlanuvchilarning iqtidorli kelajak ablodini
shakillantirish;
ilm -fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustivor
yo'nalishlari bo'yicha yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlasb
borish orqali taminlanadi.
ikkinchidan ,
innovatsion
infratuzilmaning
alohida
elementlari
(innovatsion jamg‘armalar, texnologiyalarni joriy etish markazlari, muhandislik
laboratoriyalari, texnoparklar va boshqalar) o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikning
rivojlanmaganligi.