1.3-rasm. Inson kapitalining to‘rtta bazaviy(asosiy) qobiliyatlari Uzluksiz va umr davomida ta’lim olish . Ta’limdagi umum jahon tendensiyalari
orasida uzluksiz ta’lim (umr davomida ta’lim olish)ning tezda rivojlanayotganligini
ajratib ko‘rsatish mumkin. Ta’lim bugungi kunda va uzoq mudatli istiqbolda inson
rivojlanishining barcha davrlarida, ya’ni uni tug‘ilishidan to umrining oxirigacha
qo‘llab-quvvatlashni ijtimoiy rasmiylashtirish tavsifiga ega bo‘ldi. Buning zarurligi
nafaqat texnik va texnologik va informatsion taraqqiyot jarayonining tezlashishi bilan,
balki ijtimoiy-iqtisodiy va demografik rivojlanishi bilan ham izohlanadi. Shu sababli
dinamik o‘zgarayotgan jamiyatda uzluksiz ta’lim uning rivojlanishining ajralmas omili
bo‘lmoqda.
Uzluksiz va umr davomida ta’lim olish trendga aylanmoqda. Talantlar uchun raqobatchilikning kuchayishi. Global masshtabda ta’lim
muassalari, korporatsiyalar va butun mamlakatlar uchun talantlar uchun jahon urushi
raqobatchilikning asosiy drayveri va ustuvorligiga aylanmoqda. Butun dunyoda o‘sib
borayotgan internatsiyallashuv ham maktab o‘quvchilari, ham universitetlar ta’limi
uchun bir xil tavsifga ega. Masalan, Shveysariyaning ko‘pgina maktablarida ushbu
mamlakat fuqarosi bo‘lgan o‘quvchilar ulushi-
30 % dan oshmaydi. Bu hukumat
vakillarini ona tilida ta’lim sifatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar
ishlab chiqishga majbur etmoqda. Shunga o‘xshash vaziyat maktab ta’limida lider deb
tan olingan va boshqa mamlakatlardan ko‘plab o‘quvchilarni qabul qiladigan
Buyukbritaniyada ham kuzatilmoqda. Oliy ta’limga keladigan bo‘lsak, o‘z
mamlakatidan tashqarida ta’lim oluvchi talabalar soni butun dunyoda 2010 yilda 4 mln
Mehnatga qodirlik
(faoliyat sub’ekti)
Ta’lim olishga bo‘lgan
qobiliyat (individuallik)
Yashovchanlik
(shaxs)
Innovatsiyalarga bo‘lgan
qobiliyat
(шахс)
kishidan ortgan bo‘lsa, eng konservativ baholash bo‘yicha bashorat qilinganda 2025
yilga kelganda ular soni 8 mln.ga yetadi.