Universitetlar onlayn-dasturlarni boshqarish bozorining o‘sishi. Onlayn- talimni boshqarish sohasida autsorsing. OPM (Online Program Management) modeli. Universitetlarning onlayn-dastur va kurslarining o‘sishi, texnologiyalarni joriy
etishning o‘sishi, mobil uskunalar sonining ortishi kelajakda kutilayotgan onlayn-
dasturlarni boshqarish bozori o‘sishini rag‘batlantirishning asosiy omillaridan biri
hisoblanadi. Borgan sari universitetlar OPM
biznes -modelidan foydalanishni
kuchaytirib boradi.
Onlayn-dasturlarni boshqarishning jahon bozori 2019 yilda 3.916 mln. AQSh
dollarini tashkil etgan holda 2020-2027 yillar davomida o‘rtacha yiligi 15,4 % o‘sish
suratiga ega bo‘lib, 2027 yilga borganda 11.986 mln. AQSh dollariga yetadi.
Jahonning yetakchi universitetlarining strategik vazifalari va ilg‘or amaliyoti oliy
talimning global va milliy darajalarda rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini
aniqlashga imkon beradi.
Jamiyat kelajagi - bu bilimlar va innovatsiyalar jamiyati.
Zamonaviy universitetning bosh funksiyasi – innovatorlarni tayyorlash. Tadbirkorlikning muhim
shakli – fan, ta’lim va madaniyat integratsiyasi asosidagi bilimga asoslangan
tadbirkorlik hisoblanadi. Shu bois bugungi kunda intellektual tadbirkor konsepsiyasi
yaratilmoqda.
Yuqori sifatli ta’lim xizmatlariga zamonaviy sharoitda faqatgina professor-
o‘qituvchilarning nafaqat ta’lim jarayonidagi balki ilmiy, maslahat va innovatsion
faoliyatdagi faol ishtiroklari hisobiga erishiladi. Bizda fanning fundamental va amaliy
tadqiqotlarga bo‘linishi tushunchasi ildiz otgan holda “sof fan” ning tadbirkorlik
faoliyati imkoniyatlari deyarli mavjud bo‘lmagan.
1.4. O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirish yo‘lidagi muammolar va ilm-fan