-
inson resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
-
moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;
-
ishbilarmonlik jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshirish;
-
mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish.
Innovatsiyalarning turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-
texnologik;
-
mahsulotni;
-
boshqaruv – marketingli;
-
ijtimoiy.
Ko‘pchilik ixtiro bilan innovatsiya tushunchalarini bir xil ma’noni anglatadi deb
o‘ylashadi. Lekin amalda ular orasida ancha farq bo‘lib ular orasidagi farq quyidagi
1.2-rasmda keltirilgan.
1.2-rasm. “Ixtiro” tushunchasining “Innovatsiya” tushunchasidan farqi
Shuningdek, ba’zi bir insonlar innovatsiyani ham
ixtiro kabi asosan texnika
sohasida, ya’ni texnik, tabiiy va aniq fanlar sohasida bo‘ladi degan noto‘g‘ri tasavvurga
ega bo‘lishadi. Ammo gumanitar fanlarda
innovatsiyalar
– bu birinchi navbatda yangi
ijtimoiy amaliyot shakllanadigan innovatsion tafakkurning paydo bo‘lishi uchun baza
hisoblanadi. Uning yordamida yangi ijtimoiy amaliyot shakllanadi. Gumanitar fanlarda
innovatsion loyihalarga misol qilib «yo‘llarda bolalar travmatizmi», «vaqtidan oldin
tug‘ilgan bolalarga yordam ko‘rsatish», «qobiliyatli bolalarga xorijiy tilni o‘rgatish
jarayonini takomillashtirish» va shu kabi boshqa mavzularni keltirish mumkin.
Innovatsiyasiz
ilm bo‘lmaydi, lekin innovatsiyani joriy etish istiqboli hamisha
ham aniq bo‘lmagan murakkab jarayon hisoblanadi.
Zamonaviy innovatsion iqtisodiyot xizmatlar va texnologiyalarning
ustunligini
tavsiflaydi. Bandlarning butun xizmatlar sohasiga va xususan,
axborotlar sohasiga
o‘tkazilishi yuqori darajada industrlashgan jamiyatning vujudga kelishida iqtisodiy
rivojlanish
darajasiga, aholi turmush darajasi, iqtisodiy o‘sish sifati,
dinamikasi va
turiga ta’sir ko‘rsatadaigan uzluksiz tarkibiy siljishlarning maqsadidan dalolat beradi.