“Katta yigirmatalik” mamlakatlarida oliy ta’limga ega bo‘lgan insonlar ulushi -
40 foizga
yaqinlashib qoldi, masalan, Rossiya, Kanada, Yaponiya va Janubiy Koreyada
-
55 foizdan oshdi
. Ta’limni raqamlashtirish
mazkur jarayonni yanada
tezlashtirmoqda. Yaqin
50-100 yilda
butun dunyoda navbatdagi ta’limni rivojlantirish
drayveri
bo‘lib qanaqa g‘oya maydonga kelishi kun tartibida turibdi.
Masalan, o‘rta asrlarda texnologiyalarning almashinuvi
100
yilda bir marta ro‘y
bergan bo‘lsa, keyinchalik texnologiyalar va bilimlarning yangilanish davri(sikli)
50-
20
yilga tushdi, bugungi kunda esa
3-5
yilni, ba’zi tarmoqlarda esa undan ham qisqa.
Natijada bugun o‘qishga kirgan talabaning olgan bilimlari biturgunga qadar o‘z
qiymatini yo‘qotishi mumkin.
Insoniyatning, jamiyatning oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyoji o‘zgarish dinamikasi
quyidagicha:
- antik jamiyat-0,01%;
- industrialgacha jamiyat-0,05%;
- industrial jamiyat-3%;
- postindustrial jamiyat-20%;
- bilimlar iqtisodiyoti-60%.
Bozorlar
globazatsiyasi
texnologiya
va
innovatsiyalarning
tezlashgan
kengayishini keltirib chiqarmoqda. Yangi kasblar eskilarining o‘rniga kelmoqda.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida fan sig‘imli jarayonlarning o‘sishi bilan
har bir kasbdagi kasbiy ko‘nikmalar va bilimlarga bo‘lgan talablar oshib bormoqda.
Yevropa mamlakatlarida qilingan hisob-kitoblar ko‘rsatishicha, o‘quv
kunlarining 1 foizga ortishi mehnat unumdorligining 3 foizga o‘sishiga, bunda mehnat
unumdorligining 16 foiz atrofida o‘sishi ta’lim hisobiga ta’minlanadi.
Umumiy ma’noda o‘qitish – bu jarayon, ta’lim esa ushbu jarayonning natijasi.
O‘qitish
– bu qoidaga ko‘ra rasmiy ta’lim bilan, ya’ni maktab(litsey, kollej, OTM
va h.klar) bilan bog‘liq.
Ta’lim - bu
qandaydir ma’noda nafaqat rasmiy, shu bilan birga oilaviy(mustaqil)
o‘qishni ham o‘zida namoyon etadi.
Ta’lim
– millatning
turmush darajasini aniqlovchi, butun jamiyatning sifatini
shakllantiruvchi muhim omil.
Fan
-
inson faoliyatining ijtimoiy tabiatiga xos bo‘lgan maxsus shakllardan biri
sifatida madaniyatning muhim bir qismi hisoblandi.
Ma’lumki, ta’lim va fan bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanishi e’tiborga
olgan holda t’limning fanga ta’siri oliy ta’limda ilmiy
kadrlarni tayyorlash va
yoshlarda ilmiy faoliyat va olim maqomi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish
ifodalansa, fanning ta’limga ta’sirini fanning asoslarini maktab predmetlari doirasida
o‘rganish hamda universitetlarni ilmiy markazlarga aylantirish
sifatida ifodalash
mumkin.
Oxirgi yillarda o‘qitish sifatidan ta’lim sifatiga o‘tish g‘oyasi ilgari surilmoqda.
Uni quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin: