Tadbirkorlik universitetlarida talim, ilmiy va innovatsion faoliyatni




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

2.1. Tadbirkorlik universitetlarida talim, ilmiy va innovatsion faoliyatni 
rivojlantirish, ilmiy tadqiqot natijalarni tijoratlashtirish 
Universitet (
nem.
 
Universität
, o‘z navbatida  
lat.
 
universitas
so‘zidan kelib chiqib 
- yaxlitlik, umumiylik) - fundamental va ko‘pgina amaliy fanlar bo‘yicha mutaxassislar 
tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi. Odatda, unda ilmiy-tadqiqot ishlari amalga 
oshiriladi. Ko‘pgina zamonaviy universitetlar o‘quv-amaliy kompleks sifatida faoliyat 
yuritishadi. Universitetlar o‘z tarkibiga ilmiy bilimni tashkil etuvchi turli bilimlar 
yig‘indisini namoyon etadigan bir nechta fakultetlarni birlashtiradi. 
Tadqiqot universiteti g‘oyasi (muallifi bo‘lib nemis olimi V.Fon Gumbold 
hisoblanadi) - universitetda yuqori malakali (elita) ilmiy kadrlarni universitet olimlari 
tomonidan olib boriladigan intensiv ilmiy ishlarga jalb etish (ularni ta’lim 
jarayonidayoq) orqali tayyorlash jarayoniga mo‘ljal olish. 
Vilgelm fon Gumbold tomonidan yozilgan ta’lim berish va tadqiqot funksiyalari 


klassik universitetning tashrif qog‘ozi bo‘lib qoldi. Ta’lim funksiyasi oldindan yangi 
bilimlarni berish va o‘zlashtirish bo‘lgan. Universitet uchun haqiqiy bilimni olishning 
o‘ziga xos usuli universitet professorlari tomonidan talablarni ilmga jalb etish orqali 
erishiladigan tadqiqot faoliyati hisoblangan. 
An’anaviy universitetlarning vazifalari bo‘lib o‘quv faoliyati (yangi o‘quv 
predmetlarining paydo bo‘lish, ta’limning innovatsion usullarining rivojlanishi) , ilmiy 
faoliyat (yangi bilimlarni generatsiyalash; individual va fanlararodan guruhli 
tadqiqotlarga 
o‘tish) 
bo‘lgan 
bo‘lsa, 
tadbirkorlik 
universititetiga 
transformatsiyalashuvi natijasida universitetlar bo‘linmalarida olingan ilmiy natijalarni 
tijoratlashtirish 
(patentlashtirish, 
litsenziyalashtirish, 
kichik 
innovatsion 
kompaniyalarni yaratish va boshq.) ham qo‘shiladi. 
Zamonaviy-tadbirkorlik universitetlarning ta’lim berish funksiyasiga taalluqli 
bo‘lgan muhim missiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
tafakkur qilishning yangi usullarini shakllantirish; 
akademik muhitni yaratish; 
ta’lim xizmatlarini yaratish; 
butun dunyo bo‘yicha bilimlarni tarqatish. 
Tadbirkorlik universiteti faoliyatining muhim yo‘nalishi bo‘lib quyidagi
konsalting turlari hisoblandi: 
amaliy tadqiqotlar; 
tarmoq va ichki tahlil; 
tadbirkorlarni ular rivojlanishining turli bosqichlarda maslahat berish. 
Maslahat loyihalarini amalga oshirishda aniqlangan yangi yo‘nalishlarni 
institutsionallashtiruv uchun tadqiqot markazlari va kompetensiya markazlari 
yaratiladi. Tadbirkorlik universiteti boshqa universitetlar uchun metodik yordam 
ko‘rsatgan holda yangi biznes - g‘oyalarni va biznes-jarayonlar inkubatori hisoblanadi. 
Olib 
borilgan 
o‘rganishlarga asosan klassik ta’limni tadbirkorlikka 
transformatsiyalash va bu borada milliy modelni shakllantirish quyidagi holatlar orqali 
ro‘y beradi: 
mamlakat iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish modeliga o‘tishi; 


ta’lim sohasida moliyalashtirish manbalarining qisqarishi;
ta’lim xizmatlarining ichki va tashqi bozorlardagi raqobatchiligining o‘sishi; 
raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda “universitetlar – biznes – davlat – 
fuqarolik jamiyati” zanjiri ishtirokchilari orasidagi javobgarlik balansini aniqlashning 
zarurligi; 
biznes-hamjamiyatning jahon mehnat bozorida raqobatlashishga tayyor 
mutaxassislarni tayyorlashga bo‘lgan talabining oshishi; 
zamonaviy universitetlar tijoratlashtirishlari mumkin va shart bo‘lgan egallangan 
bilimlarning roli va tabiatining qayta ko‘rib chiqilishi; 
qayd etish, uzatish, bilimlarni yaratish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga 
qodir bo‘lgan raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi; 
boshqarilishi zarur bo‘lgan ta’limning nomoddiy investitsion aktivlarga aylanishi; 
ta’lim oluvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishga motivatsiyalangan, qabul qilingan 
qarorlarni amalga oshirish uchun mas’uliyatlarni o‘ziga olishga tayyor va ambitsion 
maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yishga qodir bo‘lgan yangi turining paydo bo‘lishi,
qadriyatlardagi o‘zgarishlar; 
mamlakatda ro‘y berayotgan vaziyatlar sababli bitiruvchilardan yangi 
kompetensiyalarni, OTMlardan esa mutaxassislarni tayyorlashning yangi shakllari 
talab etilishi. 
Klassik ta’limni tadbirkorlikka transformatsiyalash va milliy modelni 
shakllantirish masalalarining dolzarbligiga qaramasdan, ushbu jarayonga to‘sqinlik 
qiluvchi quyidagi qator muammolar borligini ta’kidlab o‘tish lozim:
“OTM - biznes – davlat – fuqarolik jamiyati” o‘zaro munosabatlari tizimida 
balanslashgan javobgarlik; 
tadbirkorlik tafakkuri; 
OTMning moliyaviy va akademik mustaqilligi; 
tadbirkorlik ta’limiga fanlararo yondashuv; 
tadbirkorlik ta’limiga kompetentlik yondashuvi; 
ta’lim oluvchilarda tadbirkorlik faolligini rag‘batlantiruvchi innovatsion ta’lim 
mahsulotlarini joriy etish; 


tijoratlashtirish va transfer bo‘yicha talabalar va PO‘T uchun axborot va 
maslahatchilik xizmatlaridan foydalanish imkoniyati; 
tadbirkorlik universitetlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining 
samaradorligi; 
OTMda tadbirkorlik madaniyati shakllantirish va rivojlantirish va h.k.lar. 
Universitetlarda 
innovatsion 
tadbirkorlikni 
rivojlantirishning 
muhim 
dastaklaridan biri - 

Download 26,13 Mb.
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tadbirkorlik universitetlarida talim, ilmiy va innovatsion faoliyatni

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish