|
Kelajak universiteti sifatidagi universitet 4.0 da talimning xususiyatlari Pdf ko'rish
|
bet | 280/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTONKelajak universiteti sifatidagi universitet 4.0 da talimning xususiyatlari
bo‘lib:
yuqori taminlangan aholi guruhlari uchun dunyoning va mamlakatning yetakchi
OTMlarida elit(yuqori) darajadagi offlayn talim sohasini shakllantirish;
talimning demokratlashuvi;
talimning ommaviylashuvi, onlayn talim imkoniyatlarining ortishi;
talimda notenglikning ortishi: onlayn talim – bir muncha past sifatda, offlayn
talim – aholining boy qatlamlari uchun yuqori sifatli talim;
●
talim shakllarining sinxronizatsiyalashuvi – aralash formatdagi (onlayn+oflayn)
talimni amalga oshirish;
xususiy talim kompaniyalarining barqaror o‘sishi (masalan, Ed Tech, Skill box);
ingliz tilidagi dasturlar sonining ortishi va h.k.lar.
Demak, jamiyat rivojlanishining turli xil fazalariga mos keladigan
universitetlarning to‘rtta avlodlari tavsiflari quyidagicha: industrialgacha – Universitet
1.0; industrial – Universitet 2.0; postindustrial – Universitet 3.0; kognitiv – Universitet
4.0.
Universitetlarning bir avlodidan boshqa avlodiga o‘tishlar faoliyat shakllari,
anglash va tafakkur qilish, dunyo ahvoli, institutsional shakllar va h.k.larni “bartaraf
etish – tasavvur etish – kengaytirish” sxemasi yordamida tahlil qilinadi. Bugungi kunda
universitetlarda ro‘y berayoyotgan o‘zgarishlar fazali transformatsiyalashuv
mantig‘ida postindustrial o‘tishning aylanuvchi aspekti sifatida izohlanadi.
Universitetning kognitiv fazasi–universitet 4.0 ning o‘ziga xosliklari muhokama
qilinmoqda.
2.2. OTMning raqobatbardoshligini tashkil etish tizimi
Bugungi kunda iqtisodiyot boshqa tarmoqlarida bo‘lgani kabi ta’lim sohasida
faoliyat yuritadigan tashkilotlarning raqobatbardoshligi ta’minlash va uni oshirib
borish muhim vazifalaradan sanaladi.
Globallashuv va keskin raqobatchilik sharoitida faoliyat yuritayotgan OTM o‘z
raqobatbardoshligi ta’minlay olmasa ta’lim xizmatlari sohasida o‘z faoliyatini davom
etttirishi amri mahol bo‘lishi aniq bo‘lib bormoqda (bizda bu holat o‘zining
shakllanishining dastlabki bosqichlarida xolos).
Raqobatdardoshlikning umumqabul qilingan tushunchasi ob’ektning qobiliyati
yoki o‘ziga xosligining o‘z muhitidagi o‘ziga o‘xshagan boshqa ob’ektlardan zo‘rligini
anglatadi. Raqobatbardoshlik tovarlar, korxonalar, tarmoqlar, xodimlar orasida bo‘lishi
mumkin. Turli ob’ektlarning raqobatbardoshligi deyilganda turlicha ahamiyatlar
e’tiborga olinadi.
Zamonaviy bozorda ta’lim xizmatlari har qanday tovar kabi kuchli raqobatchilik
sharoitida amalga oshiriladi. Va bu o‘z navbatida OTMlardan o‘z raqobatchilik
ustuvorliklarini paydo qilishlarini, bozorda o‘zining mustaqhkam o‘rnini
egallashlarlari uchun xatti-harkatlar qilish zaruriyati keltirib chiqaradi.
Reytinglar tahlili bo‘yicha OTMlar raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlariga
quyidagi ko‘rsatkichlarni kiritish mumkin:
- ilmiy-pedagogik xodimlar va talabalarning o‘zaro nisbati;
- universitetning bitta xodimiga to‘g‘ri keladigan havolalar soni;
- xorijiy xodimlar va xorijiy talabalar ulushi;
- ishlab chiqarish (innovatsion) faoliyatdan keladigan daromad;
- universitetning 1 talaba yoki 1 ta o‘qituvchiga hisoblaganda to‘g‘ri keladigan
umumiy daromadi.
OTMlar raqobatchiligi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, olib
borilgan tadqiqotlar bo‘yicha quyidagicha umumlashtirishni amalga oshirish mumkin
(2.1-rasm):
|
| |