Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

 
oltinchidan

ilmiy-tadqiqot 
o‘tkazadigan jamoalar, akademiklar va 
tadqiqotchilar o‘rtacha yoshining kattaligi. Ilmiy tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 
ilmiy darajali tadqiqotchilarning o‘rtacha yoshi 
51 yoshni 
tashkil etayotganligi 
yoshlarni ilm-fanga jalb etish ishlarini jadallashtirish hamda ilmiy-tadqiqotlar 
sur’atlarini oshirishni talab etadi; 
 
yettinchidan
, aholi soniga nisbatan olimlar sonining kamligi. Hozirda 
1 mln 
aholi soniga o‘rtacha 
950 nafar 
ilmiy xodim to‘g‘ri kelmoqda. Yoshlarni ilm-fanga 
jalb etish ishlarining sust tashkil etilganligi, fan va ta’lim tizimi o‘rtasida integratsiya 
darajasi past bo‘lganligi, olimlar mehnatining moddiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan 
yetarli darajada qo‘llab-quvvatlanmaganligi buning asosiy sabablaridandir; 
sakkizinchidan
, ilmiy-tadqiqot natijalariga mahalliy va xorijiy patentlar olish 
darajasi pastligi. 2014 — 2018 yillarda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 
moliyalashtirilgan amaliy va innovatsion loyihalar natijalariga ko‘ra ilmiy tashkilotlar 
va oliy ta’lim muassasalari tomonidan jami 
700 
ta ixtiro patentlashtirilgan bo‘lib, 
bunda xorijiy patentlarning ulushi 
1 foizga
teng. Olingan patentlarni xorijiy davlatlarda 
ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini to‘g‘ri va samarali tashkillashtirish zarur; 
 
to‘qqizinchidan
, intellektual faoliyat natijalarini xo‘jalik aylanmasiga 
kiritishning iqtisodiy va huquqiy mexanizmlari rivojlanmaganligi. Olimlar tomonidan 
intellektual mulk uchun olingan patentlar bozori mavjud emas. Xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarning intellektual faoliyat natijalarini joriy etishga bo‘lgan manfaatdorligi 
yuqori darajada emas; 
o‘ninchidan
, ilm-fan va ilmiy faoliyatga moliyaviy resurlarning yetarli darajada 
yo‘naltirilmayotganligi. Hozirgi kunda ilm-fan va ilmiy faoliyatga yo‘naltirilayotgan 
mablag‘ mamlakat yalpi ichki mahsulotining atigi 0,2 foizini tashkil qiladi va ushbu 
ko‘rsatkich qator rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tomonidan ilm-fanga 
yo‘naltirilayotgan mablag‘larga nisbatan kamdir; 
o‘n birinchidan
, ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi 
aloqalarning sustligi, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasi 


ta’minlanmaganligi. Ilmiy tashkilotlarning ilmiy faoliyatini mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda tashkil etish payti keldi; 
o‘n ikkinchidan
, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirish darajasining 
yuqori emasligi. Bu esa ilmiy tashkilotlar va ular tomonidan tashkil etilgan innovatsion 
korxonalarga investitsiya va bank krediti mablag‘larining jalb qilish imkoniyatini 
bermaydi; 
o‘n uchinchidan
, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kvota tizimi va ilmiy daraja 
berishda attestatsiya jarayonlari jahon tajribasi bilan uyg‘unlashtirilmaganligi. Ushbu 
yo‘nalishlardagi byurokratik to‘siqlar oqibatida yuqori malakali ilmiy kadrlar 
tayyorlash talab darajada emas; 

Download 26,13 Mb.
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish