Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet372/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

 
 
 
Tuzuvchilar:
 N.Muslimov - 
pedagogika fanlari doktori, professor.
 
J.Tolipova - 
pedagogika fanlari doktori, professor
 . 
 
Taqrizchilar: 
H.Tojiboeva
- pedagogika fanlari doktori, dotsent
.
Sh.Abdullaeva
 - 
pedagogika fanlari doktori, professor

 
O‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish instituti kengashining qarori bilan nashrga tavsiya qilingan ( “__” 
__________ 2023-yildagi ____ -sonli bayonoma) 



 
MUNDARIJA 
I.
 
 ISHCHI DASTUR 
 
II.
 
 MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL 
O‘QITISH METODLARI 
 
III.
 
 NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI 
 
IV.
 
 AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI 
 
V.
 
 GLOSSARIY 
 
VI.
 
 ADABIYOTLAR RO’YXATI 
 
VII.
 
 NAZORAT SAVOLLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
 
 
I. ИШЧИ ДАСТУР 
I. ISHCHI DASTUR 



I.
 
ISHCHI DASTUR 
Kirish
Joriy yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb belgilanishi ta’lim-
tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini aniqlash mezoni talabalarning kasbiy 
tayyorgarligini majmua holda nazorat qilish va baholash jarayoniga innovatsion 
yondashuvni taqoza etadi.
Dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda tasdiqlangan 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-
fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim 
muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4732-
son, 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-sonli Farmonlari, shuningdek, 2020-yil 27-
fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 
PQ-4623-sonli 
Qarori, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog 
kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-son Qarorida belgilangan ustuvor 
vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u oliy ta’lim muassasalari 
pedagog 
kadrlarining 
kasb 
mahorati 
hamda 
innovatsion 
kompetentligini 
rivojlantirish, sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalar, yangi bilim va malakalarni 
o‘zlashtirish, shuningdek amaliyotga joriy etish ko‘nikmalarini takomillashtirishni 
maqsad qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini mazmunan yangilash, axborotlar 
globallashgan bir davrda mazkur ta’lim tizimida pedagogik faoliyat yuritayotgan 
pedagogik faoliyat yuritayotgan professor- o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayonini 
tashkil etishni modernizatsiyalash, maqsadga muvofiq tashkil etishga zamin 
tayyorlaydigan o‘quv-metodik majmua, elektron darsliklar, nostandart adaptiv testlar 
banki, o‘quv kurslari bo‘yicha silabus yaratish orqali talabalarning bilish faoliyatini 
faollashtirish, ta’lim samaradorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan metodik bilim
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish va yangilash, ularni davlat talablari va jahon 
ta’lim standartlari darajasiga ko‘tarish islohotlar davrining asosiy masalalaridan biri 
hisoblanadi. 
Yuqoridagi vazifalarni e’tiborga olgan holda professor-o‘qituvchilar ta’lim-
tarbiya jarayonida ta’lim mazmuniga bog‘liq innovatsion ta’lim texnologiyalarini 
tanlash, mashg‘ulotlar ishlanmasi va texnologik xaritalarni loyihalash, ularda 
belgilangan o‘quv maqsadlarni amalda qo‘llay olishi, talabalarning yosh, psixologik 
va ergonomik xususiyatlariga asosan talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil 
eta olishi lozim. 
Talabalar bilimini baholash fanlar bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan 
innovatsion texnologiyalarga asoslangan standart va nostandart o‘quv va test 
topshiriqlarini loyihalashga o‘rgatish dasturning asosiy maqsadini belgilab beradi. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish