7
Modulning maqsadi va vazifalari
Ushbu kursning asosiy didaktik maqsadi pedagog kadrlarni talabalar bilimini
baholash fanining o‘ziga xos xususiyatlari, talabalar bilimini baholashning
metodlarini innovatsion vosita sifatida tanishtirish orqali ularning kasbiy
tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, ta’lim-tarbiya jarayonida
talabalar bilimini baholash metodlaridan maqsadga muvofiq qo‘llash uchun zarur
bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish sanaladi.
“Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun, huquqiy-me’yoriy hujjatlarda pedagogik kadrlarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan belgilangan vazifalarni amalga
oshirish;
O‘qituvchilarda ta’lim-tarbiya jarayonida talabalar bilimini baholash
metodlaridan samarali foydalanish uchun nostandart test topshiriqlarini maqsadga
muvofiq tuzish va amalda qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim va
ko‘nikmalarni tarkib toptirish;
O‘qituvchilarni o‘z pedagogik faoliyatini talabalar bilimini baholash
metodlaridan biri mashg‘ulotlarni tahlil qilishga o‘rgatish, tahliliy - tanqidiy, ijodiy
va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Tinglovchilarning metodik bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan
talablar:
“
Ta’lim sifatini ta’minlashda baholash metodikalari
” modulini o‘zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida
:
Tinglovchi:
- Talabalar bilimini baholash fani maqsadi va vazifalari, qo‘llaniladigan
sohalari, tadqiqot metodlari, pedagogik jarayonni nazorat qilish va baholashda
kvalimetriya metodlaridan foydalanishning ahamiyati;
- Pedagogik jarayonni nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan
kvalimetriya metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari;
- Fan sohalari bo‘yicha test topshiriqlarini tuzish prinsiplari, test
topshiriqlarining tarkibi, mazmuni va samaradorligiga qo‘yiladigan talablar;
- Ta’lim-tarbiya jarayonida teskari aloqani amalga oshirish, olingan natijani
tahlil qilish, va jarayonning borishiga tegishli o‘zgartirish kiritish haqida