|
II. MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL Pdf ko'rish
|
bet | 381/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTONII. MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL
O‘QITISH METODLARI
“Aqliy hujum” metodi
- biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan
bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga
kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud.
Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning
har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa
tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z
javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar.
Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar
yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni
ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod
to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga
o‘rgatadi.
“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini
jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va
munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat
og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr
yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda
turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy
tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab
amalga oshiriladi:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib
qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad
qilib qo‘yilganda -yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan
so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
|
| |