15
Quyida “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi keltirilgan.
“Aqliy hujum” metodining tuzilmasi
“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1.
Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z
javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;
2.
Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
3.
Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli
qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;
4.
Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;
5.
Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.
“Aqliy hujum” metodining afzalliklari:
natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-g‘oyalarning
shakllanishiga olib keladi;
ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;
ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish
imkoniyati mavjud;
ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.
“Aqliy hujum” metodining kamchiliklari:
ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;
ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.