Guruhlarning muammoli vaziyatning yechimini ishlab
chiqishi
Muammoli vaziyat tavsifini keltirish
Guruhlarga bo‘lish
Guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqish
sabablarini aniqlashi
larning muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr
yuritishi
To‘g‘ri yechimlarni tanlash
24
7.
Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar
va o‘z variantlarini taklif etadilar.
8.
Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim
beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo‘llarining eng maqbul
variantlarini tanlab oladi.
“Muammoli vaziyat” metodining afzalliklari:
ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
ta’lim oluvchilar muammoning sabab, oqibat va yechimlarni topishni
o‘rganadilar;
ta’lim oluvchilarning bilim va qobiliyatlarini baholash uchun yaxshi
imkoniyat yaratiladi;
ta’lim oluvchilar fikr va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadilar.
“Muammoli vaziyat” metodining kamchiliklari:
ta’lim oluvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi;
qo‘yilgan muammo ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos kelishi
kerak;
ko‘p vaqt talab etiladi.
“Loyiha” metodi
-bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda
belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot
o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar
rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va
natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka
tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhining
birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda ta’lim
oluvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki
boshqa bir topshiriqning yechimini topishdan iborat. Ta’lim oluvchilar nuqtai-
nazaridan topshiriq murakkab bo‘lishi va u ta’lim oluvchilardan mavjud bilimlarini
boshqa vaziyatlarda qo‘llay olishni talab qiladigan topshiriq bo‘lishi kerak.
Loyiha o‘rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi,
ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga
oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak.
Quyidagi chizmada “Loyiha” metodining bosqichlari keltirilgan.
|