28
ta’lim maqsadiga qay darajada erishilgani, shuningdek, sifatli ta’lim ko‘rsatkichi
dinamikasini tahlil qilish mumkin.
Muntazam va tizimli ravishda tashkil etilgan nazorat va baholash jarayoni
talabani unumli mehnat qilish, o‘zi egallagan bilim darajasini o‘zi baholashga
o‘rgatadi, o‘quv moduliga bo‘lgan qiziqishini orttiradi. Shuningdek talabalarning
o‘zlashtirishini nazorat va baholash o‘qituvchilarning faoliyatiga baho berishga asos
bo‘ladi, ya’ni o‘qituvchi o‘quv materialini qanchalik tushunarli qilib bayon qila olishi
va o‘qitishning samarali usullaridan foydalanishi, talabalarning mustaqil bilim olish
jarayonini tashkil etish va o‘tkazish jarayoniga baho berish imkonini beradi. Nazorat
va baholashdan olingan natijalariga tayangan holda o‘qituvchi kam samara beruvchi
ish usullarini samarali ish usullari bilan almashtiradi va shuningdek, DTS bilan
me’yorlangan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni egallashga keng sharoit
yaratadi.
Talabalarning DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalarning o‘zlashtirish darajasini nazorat va baholash qilishning muhim
funksiyasi talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal
talablarga javob beradigan va talaba tomonidan o‘zlashtirilishi shart bo‘lgan bilim
ko‘rsatkichlariga egaligini, ularning ilmiy dunyoqarashlarini, ekologik, ahloqiy
tarbiyasining shakllanishini baholash hisoblanadi.
Nazorat va baholashning