Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi: 
o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish; 
bitta o‘quv moduli, kurs (kredit)ningqiymatini aniqlash; 
talabalar bilimini reyting bali asosida baholash; 
talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon 
yaratish; 
ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish; 
ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan 
talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi.
Yuqoridagi fikrlar ta’lim-tarbiya jarayonida nafaqat o‘qitishni innovatsion 
ta’lim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil o‘qib-o‘rganish, 
ta’limga yangicha munosabatda bo‘lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy 
va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘r-
gatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi 
va kamolotiga yo‘naltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini 
ta’minlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan 
inson kapitalini shakllantirishga qaratilgan. Modul va kredit tushunchalari mohiyati 
qisqacha tavsiflanadi. 
Modul
- bu, bir nechta o‘quv moduli hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv 
rejasining bir qismi. U talabalarda ma’lum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy-
mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta o‘quv 
modulilar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil 
qiladi, jonli, video hamda audio ma’ruzalar o‘qiydi, talabaning faoliyatini 
muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o‘rganadi hamda 
berilgan topshiriqlarni bajaradi. 
Xorijiy tajribaga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 2-4 
tagacha moduldan iborat bo‘ladi. Modulda jamlangan o‘quv modulilar osondan 
murakkablik sari, nazariy-uslubiy o‘quv modulilardan amaliy o‘quv modulilarga 
qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o‘zaro uzviy to‘ldirish prinsipi asosida 
shakllantiriladi. Talaba mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki 
ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish