• 3,0 dan kam 60 dan kam
  • -jadval Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet402/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

    1-jadval
    Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish
    JADVALI
    5 baholik 
    shkala
    100 
    ballik 
    shkala
    5 baholik 
    shkala
    100 
    ballik 
    shkala
    5 baholik 
    shkala
    100 ballik 
    shkala
    5,00 — 4,96 
    100 
    4,30 — 4,26 
    86 
    3,60 — 3,56 
    72 
    4,95 — 4,91 
    99 
    4,25 — 4,21 
    85 
    3,55 — 3,51 
    71 
    4,90 — 4,86 
    98 
    4,20 — 4,16 
    84 
    3,50 — 3,46 
    70 
    4,85 — 4,81 
    97 
    4,15 — 4,11 
    83 
    3,45 — 3,41 
    69 
    4,80 — 4,76 
    96 
    4,10 — 4,06 
    82 
    3,40 — 3,36 
    68 
    4,75 — 4,71 
    95 
    4,05 — 4,01 
    81 
    3,35 — 3,31 
    67 
    4,70 — 4,66 
    94 
    4,00 — 3,96 
    80 
    3,30 — 3,26 
    66 
    4,65 — 4,61 
    93 
    3,95 — 3,91 
    79 
    3,25 — 3,21 
    65 
    4,60 — 4,56 
    92 
    3,90 — 3,86 
    78 
    3,20 — 3,16 
    64 
    4,55 — 4,51 
    91 
    3,85 — 3,81 
    77 
    3,15 — 3,11 
    63 
    4,50 — 4,46 
    90 
    3,80 — 3,76 
    76 
    3,10 — 3,06 
    62 
    4,45 — 4,41 
    89 
    3,75 — 3,71 
    75 
    3,05 — 3,01 
    61 
    4,40 — 4,36 
    88 
    3,70 — 3,66 
    74 
    3,00 
    60 
    4,35 — 4,31 
    87 
    3,65 — 3,61 
    73 
    3,0 dan kam
    60 dan kam
    Jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini egallayotgan mamlakatimiz siyosiy, huquqiy, 
    iqtisodiy, fan, texnika, texnologiyalar va ijtimoiy rivojlanishning barcha sohalarida 
    qo‘lga kiritayotgan yutuqlari bilan dunyo xalqlarining e’tiborini tortmoqda va e’tirof 
    etilmoqda. Ijtimoiy sohada ustuvor yo‘nalish sanalgan ta’lim tizimini ham o‘z 
    navbatida muayyan darajada modernizatsiyalash talab etiladi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 8 dekabr 2018 yilda 
    qabul qilingan 997-sonli “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi 
    xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ta’lim tizimini 
    modernizatsiyalash, ta’lim sifati va samaradorligini orttirishni nazarda tutadi. 


    49 
    Mazkur qarorda uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini baholashni bugungi kun 
    talablariga moslashtirish, o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi 
    fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirish, xalqaro baholash dasturlarini 
    pedagogik amaliyotda qo‘llash innovatsion metod va texnologiyalarini ishlab chiqish, 
    jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ta’lim muassasalari bilan ta’lim sifatini 
    baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va 
    amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va 
    o‘tkazishda ishtirok etish, ta’lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy 
    tadqiqotlar o‘tkazish, mazkur tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo‘llab-
    quvvatlash, 
    umumiy 
    o‘rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda 
    muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash, olingan natijalarni boshqa davlatlar 
    natijalari bilan qiyosiy taqqoslash, xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga 
    joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani 
    ommalashtirish va uning asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar va 
    qo‘llanmalar ishlab chiqish, o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda 
    o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlarning 
    malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash kabi vazifalar 
    belgilangan. 
    Mazkur vazifalarni amalga oshirish ta’lim xizmatlari sifatini orttirish, ta’lim-
    tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, ta’lim sifati ko‘rsatkichi bo‘yicha yuqori 
    darajani egallash maqsadida o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning o‘quv-
    bilish faoliyatini faollashtirishni talab etadi. 
    O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda 
    ishtirok etishi, strategik jihatdan juda ko‘p va keng ko‘lamdagi dolzarb muammolarni 
    hal etish zaruratini keltirib chiqaradi. 
    TIMSS - The Trends in International Mathematics and Science Study- 
    matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish sifatini Xalqaro monitoringlash va 
    baholash tizimi IEA o‘qitish natijalarini baholashning xalqaro assotsiatsiyasi 
    tomonidan tashkil etilgan. Bu tadqiqot o‘quvchilarning matematik va tabiiy fanlar 
    bo‘yicha boshlang‘ich maktabning 4 sinfi va tayanch maktabning 8 sinf 
    o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajasini dunyoning turli mamlakatlarida qiyosiy 
    o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan va olingan natijalarga muvofiq har bir 
    mamlakatning ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va yutuqlarini e’tirof etadi. 
    TIMSS xalqaro baholash tizimining asosiy maqsadi har to‘rt yilda boshlang‘ich 
    maktabning 4 sinfi va tayanch maktabning 8 sinf o‘quvchilarining matematik va 
    tabiiy fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini nafaqat bilim, ko‘nikma va 
    malakalarini, balki shu fanlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasining 
    ortish darajasini tadqiq etadi. Tadqiqotning e’tiborga molik tomoni o‘quvchilarning 4 
    yil davomida 4 sinf o‘quvchilari 8 sinfda tahsil olayotgan davrida takroran tadqiq 
    etilishidan olingan natijalar o‘quvchilarning keyingi yuqori sinflarda o‘qishni 
    muvaffaqiyatli davom ettirishi prognoz qilinadi. 


    50 
    Xalqaro baholash dasturi PISA - Programme for International Student 
    Assesment – Respublikamizning 15 yoshli o‘quvchilarining o‘qish, matematika va 
    tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga mo‘ljallangan 
    bo‘lib, u o‘quvchilarning matematik va tabiiy fanlardan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma 
    va malakalarini hayoti va muammoli vaziyatlarda muvaffaqiyatli qo‘llash darajasini 
    tadqiq etishni nazarda tutadi. 
    Tadqiqotning predmeti o‘quvchilarda umumiy, tayanch va fanga doir xususiy 
    kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini fanlar integratsiyasi va hayotda 
    uchraydigan muammoli vaziyatlarni hal etishga qaratilgan megakompetensiyaga 
    asoslangan o‘quv va test topshiriqlari vositasida aniqlash sanaladi.
    Tadqiqotning asosiy ob’ekti esa, dunyodagi turli mamlakatlarning ta’lim 
    muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni umumiy xususiyatga egaligi e’tiborga olingan 
    holda o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning ijtimoiy muhitga moslashishi, turli manbalar 
    vositasida o‘quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatining rivojlanganlik darajasini 
    o‘rganishni nazarda tutadi.
    PISA – tadqiqotlarining asosiy vazifasi aniq o‘lchov vositasi yordamida 
    dunyoning ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha erishilgan natijalarni 
    tahlil etish, ta’lim siyosati bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar yasash, istiqboldagi 
    vazifalar asosida ta’limni rivojlantirish yo‘l xaritasini shakllantirishni nazarda tutadi. 
    PISA – bo‘yicha tadqiqotlar asosan uchta: «o‘qish va matnni tushunish 
    savodxonligi»,

    Download 26,13 Mb.
    1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish