52
Xalqaro va milliy ta’lim tizimini rivojlantirish yuzasidan axborot
tanqisligining oldini olish, ma’lumotlar bazasi va dasturiy ta’minotini tayyorlash,
ta’lim tizimi amaliyotida o‘qitish sharoitlari va sifati, o‘qitish jarayoni
samaradorligiga o‘qituvchining kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasining ta’siri
yuzasidan mezonlar ishlab chiqish.
Mazkur halqaro baholash dasturlari Respublikamiz ta’lim tizimini mazmunan
yangilash, innovatsion ta’lim muhitini yaratish, ta’lim sifatini orttirishni talab etadi va
quyidagi vazifalarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi:
Pedagogik kadr tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va
magistratura bosqichi o‘quv rejasiga xalqaro va milliy ta’lim tizimini rivojlantirish
paradigmalari bilan tanishtirish, o‘qitishni xalqaro baholash dasturlari talablarini
amalga oshirishga zamin tayyorlaydigan o‘quv kurslarini kiritish;
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari,
ilmiy izlanuvchilarni xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarning muammolari yuzasidan ilmiy izlanishlarga maqsadli jalb etish;
Xalqaro baholash dasturlari PIRLS TIMSS va PISA talablari asosida o‘qish,
o‘zbek tili va adabiyoti, matematika va tabiiy o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv va
nostandart adaptiv topshiriqlarini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil ish
daftarlarini bosma shaklda va modulli o‘qitish tizimiga asoslangan elektron variantini
tayyorlash axborot texnologiyalari vositasida baholash mexanizmini ishlab chiqish;
Xalqaro baholash tizimi TALIS (Teaching and Learning International
Survey) talablari asosida pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini aniqlash uchun
kvalimetrik diagnostika anketa so‘rovnomasini tayyorlash va on-lain tizimi vositasida
aniqlash;
Pedagog kadrlar tomonidan o‘zining kasbiy kompetentligini mustaqil
nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash imkonini beradigan kvalimetrik diagnostika
topshiriqlaridan iborat metodik va elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish zarur;
Xulosa qilib aytganda ta’lim sifatini ta’minlashda talabalarning o‘zlashtirgan
bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va fanga doir xususiy kompetensiyalarini zamon
talablariga mos nazorat qilish va baholash bugungi kunning dolzarb muammolaridan
biri sanaladi.