Nazorat qilish va hisobga olish vazifalari




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet399/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

Nazorat qilish va hisobga olish vazifalari 


39 

har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha talabalarning faoliyati to‘g‘risida 
xulosa chiqarish; 

o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina talabalarning o‘zlashtirish 
darajasini baholamaslik; 

talabalarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish 
uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlarga 
asoslanib tahlil etish.
Demak, o‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, 
tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi:
Ta’lim vazifasi talabalarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi 
mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda talabalarning 
o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlarni bilish 
olishlariga imkon tug‘iladi. Chunki guruhdagi boshqa talabalar javob berayotgan 
talabaning fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va avval egallangan bilimlarni 
mustahkamlab, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitishadi. O‘rtoqlarining javoblariga 
qo‘shimcha qilishga yoki bilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali 
o‘rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi. 
Nazoratning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, talabalar tekshirishga 
tayyor bo‘lish uchun mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan 
unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar. 
Shuningdek, tekshirish va baholash talabaning o‘z bilimlari va qobiliyatlarini 
o‘zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O‘zidagi kamchiliklarni ko‘ra olishga 
va uni tugatish yo‘llarini izlashga ko‘maklashadi. Lekin talabaning bilimini 
baholashda o‘qituvchi nohaqlikka yo‘l qo‘ysa, talaba bilan o‘qituvchi o‘rtasida 
ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko‘p bo‘lishi ham 
talabalarning yuzaki mashg‘ulot tayyorlashiga olib keladi. 
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, 
shaxsning tafakkurini rivojlantirish hamda his-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini 
tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi 
sanaladi. 
O‘qituvchi mazkur vazifalardan xabardor bo‘lish asosida talabalarning 
o‘zlashtirish darajasini hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etadi. 
Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yiladigan talablar. 
Talabalarning ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yiladigan pedagogik 
talablar quyidagicha: 

har bir talabaning o‘quv faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, guruh 
yoki guruhning o‘quv ishi natijalari talabaning shaxsiy natijalarining o‘rnini 
almashtirishga yo‘l bermaydigan nazoratning individual tavsifi; 


40 

nazoratni ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang‘ich idrok 
etishdan to bilimlarni amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida talabalarning 
o‘quv faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi; 

nazoratning o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan, 
uni olib borishga talabalarni qiziqtiradigan turli shakllari; 

o‘quv dasturining barcha qismlarini qamrab olgan, talabalarning nazariy 
bilimlari, intellektual hamda amaliy ko‘nikma va malakalarini tekshirishdan iborat 
nazoratning keng ko‘lamliligi; 

talabalarni har jihatdan bilib olmasdan turib, o‘qituvchining xato xulosalar 
chiqarish, sub’ektiv munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, shuningdek, 
o‘zlashtirish natijalarini baholashda baho mezonlariga qat’iy rioya qilishni talab 
etadigan nazoratning xolisligi; 

har bir o‘quv moduli xususiyatlari, shuningdek, talabalarning shaxsiy 
qobiliyatlarini hisobga olgan holda turli nazorat metodlarini tanlashning 
tabaqalashganligi; 

muayyan guruh (guruh) talabalarining o‘quv ishlarini nazorat qilishda 
barcha o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladigan talablarning bir xil bo‘lishi belgilangan. 
Yuqorida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish orqali nazoratning ishonchliligi 
ortadi va o‘quv jarayonida o‘z vazifalarini hal qilishga imkon yaratiladi. 
O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari. 
Pedagogika fani talabaning o‘quv moduli bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini o‘z 
vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi: 

O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta’lim 
standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi. 

Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida talabalarda bilimlar yanada 
kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan ta’limiy maqsad bajariladi. 

Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, 
ularda ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning 
uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining ajralmas 
qismidir. 
Ana shu vazifalardan kelib chiqib talabalar o‘quv faoliyatini hisobga olishning 
bir qator shakl va metodlari asoslangan. 
Har bir o‘quv moduli bo‘yicha talabaning o‘quv faoliyatini nazorat qilish va 
baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va 
quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi: 
joriy nazorat; 
oraliq nazorat; 
yakuniy nazorat. 
Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida talabalar tomonidan o‘quv dasturida 
belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat o‘qituvchi tomonidan 


41 
o‘tkazilib, talabalarning bilim darajasini aniqlash o‘quv modulining har bir mavzusi 
bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi. 
Oraliq nazorat talabalar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki 
bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, 
baholash shakli. 
Yakuniy nazorat – talabalarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan 
o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini 
aniqlash, baholash shakli bo‘lib, o‘rganilgan mavzular bo‘yicha yozma, og‘zaki, test 
shaklida o‘tkaziladi.
Talabalarning faoliyatini hisobga olish metodlari og‘zaki, yozma, test hamda 
amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi mumkin. 
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha 
keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. 
Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi talabalarga 
o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirish darajasini 
aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish talabalarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli 
asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. 
Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi 
va ularni har biridan talabalarga savollar beradi. Keng tarqalganligi va samarali 
ekanligiga qaramay talabalarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda og‘zaki 
tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. Chunonchi, uni qo‘llash jarayonida: 

nisbatan ko‘p mehnat sarflanadi; 

mashg‘ulot mobaynida 3-4 nafar talabanigina bilimini tekshirish mumkin.
Og‘zaki ommaviy tekshirish talabalardan og‘zaki so‘rash bo‘lib, ular guruhga 
qaratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa bo‘ladi. 
Mazkur so‘rash ko‘pchilik talabalarni nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni 
faollashtiradi, ammo talabalarning nutqini o‘stirmaydi. Bunday nuqsonlar individual 
so‘rashda ko‘zga tashlanmaydi. Ammo so‘rashning bu shaklida guruhdagi boshqa 
talabalarning to‘laqonli ishlashlariga erishish juda qiyin.
Kombinatsiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda o‘qituvchi bir necha talabani 
bir vaqtda doskaga chaqiradi, biri og‘zaki javob beradi, 3-4 nafar talaba esa 
kartochkalar bo‘yicha yozma ishni bajarishadi va hokazolar. Bu tekshirishning 
murakkab usuli bo‘lib, o‘qituvchidan yetarlicha tajriba va diqqatlarini guruhdagi 
hamma talabalarga taqsimlay bilishni talab qiladi. 
Yozma tekshirish – talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat 
qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy 
qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, 
o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan 
so‘ng talabalarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. Yozma 
tekshirish topshiriq, ya’ni, insho yozish hamda turli nazorat va mustaqil ishlarni 


42 
bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda 
o‘qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun 
ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi. 
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy 
harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan 
natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. 
Talabaning butun mashg‘ulot davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish 
tekshirishning maxsus turi bo‘lib, u talabaning mashg‘ulotdagi ishtiroki uchun ball 
qo‘yish bilan yakunlanadi. Bu talabani doimo harakat qilishga va faollikka undaydi. 
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda.
«Reyting» (inglizcha baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) muayyan 
hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash. Reyting tizimi talabalarning 
bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli sifatida e’tirof etilib, uning 
yordamida talabalarning o‘quv o‘quv modulilari bo‘yicha ta’lim standartida 
belgilangan barcha talablar bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi. 
Shkala bo‘yicha tekshirish – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida 
modellashtirish. Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o‘zgarishlarga 
aylantirishga yordam beradi. 
Reyting nazorati asosida talabalarning o‘quv faoliyatini hisobga olishning 
yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali 
foydalanilmoqda. Test so‘rovidan nafaqat talabalarning bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida 
abiturientlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham 
samarali foydalanib kelinmoqda. 
Test va reyting asosida talabalar bilimini tekshirish. 
Test – aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy 
ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. 
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular 
quyidagilardir: 
1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi; 
2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining 
mavjudligi; 
3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli talabalar bilan nazoratni tashkil etish 
mumkinligi; 
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi; 


43 
5) barcha talabalarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil 
sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida talabalarning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb 
etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o‘quv dasturining 
amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga 
nisbatan yuqori talabning qo‘yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik 
texnologiyalar olib kirilayotganligi, talabalarni kasbga muvaffaqiyatli yo‘llash 
maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida 
keng ko‘lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko‘zga tashlanayotgan bir 
vaqtda talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va 
vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega. 
Reyting tizimida o‘zlashtirish natijasi nazoratning ko‘rsatilgan barcha 
shakllardan o‘tish jarayonida to‘plangan ballarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Har 
bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o‘quv o‘quv modulii uchun 100 
ball hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball qo‘yilsa, talabaning chorak yoki yarim yillik uchun 
to‘plagan bali 27 ballni tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u 
yetarlicha reyting ballini to‘plamaguncha va barcha nazorat shaklidan o‘tmagancha 
attestatsiya qilinmaydi. Reyting tizimi bir qator afzalliklarga ega, chunonchi: 
ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytiradi; 
talaba bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlaydi; 
ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib beradi; 
ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan o‘quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy 
mavzularning to‘laligicha o‘zlashtiradi; 
talabalarda o‘z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr yuritish, bilimlarni 
egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi; 
talabalarda yomon baho olishga bo‘lgan qo‘rquv yo‘qolib, uning o‘rniga 
bilimlarni ixtiyoriy o‘zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish 
yo‘lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Boshqacha aytganda, qo‘rquv o‘rniga 
intilish, rejalashtirish, harakat qilishga ehtiyoj tug‘iladi, o‘rganishga nisbatan qiziqish 
ortadi. 
Talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir 
o‘quv modulining maqsad va vazifalari, guruhdagi talabalarning o‘zlashtirish 
darajasiga tayangan holda belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab 
chiqishda talabalarning og‘zaki javob berishlari, ko‘nikma va malakalariga alohida 
yondashiladi.
O‘qituvchining talabalar o‘zlashtirishi monitoringini amalga oshirishga 
qo‘yiladigan asosiy talablar: 


44 

Talabalarning bilimlarini ob’ektiv baholash mexanizmlarini ishlab chiqish, 
ularni mukammal ravishda reyting nazoratda qo‘llashga qaratilgan didaktik vositalar 
majmuasini ishlab chiqish malakasiga ega bo‘lish. 

Talabalarning bilimlarini ob’ektiv baholash mexanizmlarini bilishi va ularni 
mukammal ravishda reyting nazoratida qo‘llash, standart testlarni ishlab chiqish va 
qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lish. 

Reyting tizimi topshiriqlarini reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli va 
ijodiy darajada tuzish va qo‘llay olish. 

O‘quv materialining didaktik tahlili asosida talabalar o‘zlashtirishi talab 
etiladigan ta’lim mazmunining tarkibiy qismlarini aniqlash, material hajmini 
belgilash va shu asosda ta’lim mazmunini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab 
chiqish. 

Mashg‘ulotlarda talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun 
muammoli savollar majmuasini tuza olish. 

Didaktik vositalar yordamida talabalarning yozma ishlari, og‘zaki savol-
javoblari, amaliy ish natijalarini tahlil qilish, aniqlangan xato va kamchiliklar asosida 
ta’lim jarayoniga tegishli tuzatishlar kirita olish. 

Didaktik vositalar yordamida olingan talabalarning yozma ishlari, og‘zaki 
savol-javoblari, amaliy ish natijalarini tahlil qilish, ulardagi xato va kamchiliklarni 
aniqlash. 

Mashg‘ulotda talabalarning o‘quv faoliyatining tashkil etilishi, boshqarilishi 
va natijasiga baho berish asosida uning samaradorligini oshirish yo‘llarini ishlab 
chiqish.

Mashg‘ulotda talabalar o‘quv faoliyatining tashkil etilishi, boshqarilishi va 
natijasiga baho berish, talabalarda bilim, ko‘nikma, malaka, umumiy va xususiy 
tushunchalar, kasbiy kompetensiyalarni shakllantira olishi lozim. 
Ta’lim tizimi samaradorligini o‘qituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, o‘quv 
adabiyotlari mazmuni hamda mustaqil ta’limni shakllantirishga qaratilgan 
infratuzilma bevosita ta’minlab beradi. Demak, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, 
ularni mehnat bozori talablariga muvofiq raqobatdoshligini oshirish, ijodiy 
fikrlaydigan mutaxassislarni yetishtirish o‘quv dargohlarida yo‘lga qo‘yilgan ta’lim 
berish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq. O‘zR Prezidenti tomonidan 2019-yilning 
8-oktabrida “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Ushbu 
muhim dasturilamal hujjatda “respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini 
xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University 
Rankings, Times Nigher Yeducation yoki Academic Ranking of World Universities)
reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish va 
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga 
o‘tkazish” belgilab berildi.
Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning 
modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli 
hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli 
jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: 


45 
talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida 
baholash. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazorat qilish va hisobga olish vazifalari

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish