1. Muntazamlilik. Nazorat va baholash ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas
qismi sifatida barcha o‘qitish shakllari: ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar
mashg‘ulotlarda talabalarning o‘quv faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda
muntazam ravishda tashkil etiladi.
2. Beg‘arazlilik. Nazorat va baholash o‘qituvchining talabalarni chuqur
o‘rganmasdan, taxminiy va sub’ektiv fikrlarga asoslanib, yuzaki mulohaza yuritib,
noto‘g‘ri xulosa chiqarishini inkor etgan holda talabalar bilimiga to‘g‘ri, shaffoflik,
beg‘arazlik bilan, xolisona, aniq fikrlarga asoslanib baho berishni talab etadi. Nazorat
va baholash o‘quv jarayonining ma’lum bosqichidagi ma’lum dastur bo‘yicha
talabalarning olgan haqiqiy bilimlarini belgilaydi.
3. Keng qamrovlilik. Nazorat va baholash belgilangan dasturning barcha
bo‘limlarini qamrab oladi va talabaning nazariy bilim, ko‘nikma, malaka, aqliy va
intellektual salohiyati, kompetensiyalarining sinovini ta’minlaydi.
4. Individuallilik. Nazorat va baholash har bir talabaning bilim darajasini
hamda uning o‘quv faoliyati, individual xususiyatlarini kuzatish, o‘rganish imkonini
beradi.
Individual mustaqil nazorat va baholash ishlaridan doska oldida javob
berishdan tortinadigan, dadil javob bera olmaydigan, jur’atsiz talabalar uchun
foydalanish maqsadga muofiq bo‘ladi. Bunday holatlarda talaba o‘ziga topshirilgan
funksiyani yaxshi bajarganini ochiq-oydin muhokama qilish bilan talabani qo‘llab-
quvvatlash uning o‘z kuchiga ishonchini orttiradi.
5. Tabaqalashgan yondashuv. Nazorat va baholash jarayonida modulning,
shu modul bo‘limlarining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi, bu xususiyatlardan
kelib chiqqan holda nazorat va baholashning turli usullari qo‘llanadi. Bu esa nazorat
va baholashning alohida olingan bir usulidan foydalanishda kelib chiqadigan
kamchiliklarning yuzaga kelishini bartaraf etadi.
6. O‘quv moduliga tayyorgarlik darajasiga bo‘lgan talablarni hamda talabalarni
har tomonlama o‘rganib chiqish asosida nazorat va baholash o‘tkazuvchilar
31
tomonidan nazorat va baholash natijalariga qo‘yiladigan