Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet393/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

ta’limiy
funksiyasining mohiyati shundaki, nazorat 
va baholash topshiriqlarini bajarish davomida talabalar egallagan bilimlarini 
tizimlashtiradi, umumlashtiriladi, mukammallashtiradi. Talabalar avval o‘zlashtirgan 
bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini yangi va kutilmagan vaziyatlarda 
amalda qo‘llash orqali yangi bilimlarni egallashi, namoyish etish imkonini beruvchi 
nazorat va baholash talabalarning nafaqat diqqati, fikrlashi, xotirasining 
rivojlanishiga, balki bilim doirasining kengayishiga zamin yaratadi. 
Nazorat va baholashning 
tarbiyaviy
funksiyasi haqida so‘z yuritilganda, 
nazorat va baholash talaba mustaqil ta’limdan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida 
puxta, mustaqil, muntazam bajarishga undashi va o‘z bilimining baholanishiga doim 
tayyor bo‘lishlikka o‘rgatishi nazarda tutiladi. Nazorat va baholash talabada burch, 
majburiyat, javobgarlik, vijdon kabi ahloqiy sifatlarning shakllanishiga yordam 
beradi. Nazorat va baholash jarayonida talabalar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar 
hamda o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik munosabatlari shakllanadi.
Nazorat va baholashning 
rivojlantiruvchi
funksiyasi shundaki, Nazorat va 
baholash orqali o‘qituvchi muntazam ravishda talabalarning zehni, idrok etish 
xususiyati, xotira va fikrlash qobiliyatlarining rivojlanganligi, bilim darajasi, ularning 
yutuqlari va kamchiliklari haqida doim xabardor bo‘ladi. Bu esa o‘qituvchiga 
birinchidan talabalarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, ikkinchidan har bir 
talabaning o‘ziga xos individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda 
ularning bilish faoliyatini rivojlantirish va har bir talabaning o‘zlashtirishini 
yaxshilashga erishish uchun zarur.


29 
Nazorat va baholashning 
diagnostik
funksiyasining mohiyati talaba-lar bilimi 
va ko‘nikmalaridagi nuqsonlar, kamchiliklar, bo‘shliqlar, talabalarning o‘quv 
materialini o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarni tug‘diruvchi sabablar haqida muntazam 
axborot olish sanaladi. Bunday axborotlar o‘qitishning samarali usullarini tanlash va 
bu usullarni hamda ta’lim jarayonini takomillashtirishning yo‘nalishini aniq belgilash 
imkonini beradi.
Talabalarning bilimidagi kuchli va zaif tomonlaridan xabardor bo‘lish 
o‘qituvchiga o‘z pedagogik mahorati, ish usullari va talabaning individual 
xususiyatlari haqida axborotga ega bo‘lish bilan ta’lim jarayonini takomillashtirish 

Download 26,13 Mb.
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish