• Kredit (kredit)
  • Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet401/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

    Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi 
    va quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
    o‘quv maqsadi hamda vazifalarning to‘liq ochib berilishi;


    46 
    talabaning o‘quv modulini (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi 
    orttirishi lozim bo‘ladigan malakasiga qo‘yiladigan talablar;
    modul tarkibiga kirgan har bir o‘quv modulining qisqacha mazmuni 
    (sillabus), ya’ni ma’ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning 
    rejasi, mustaqil ta’limni baholash uchun mo‘ljallangan topshiriqlar;
    o‘qitishning qisqacha bayoni: ta’lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni 
    baholashning usul va shakllaridan iborat.
    Modul asosida o‘qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda ko‘nikmasini 
    baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha o‘quv 
    faoliyati, ya’ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, o‘zlashtirgan bilimlari 
    ball berish orqali baholanadi. 
    Kredit (kredit)
    — talabaning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) 
    bo‘yicha o‘quv modulilarni o‘qib o‘rganishi va o‘zlashtirishi uchun sarflangan o‘quv 
    yuklamasining (vaqtning) o‘lchov birligidir. Kredit — talabaning me’yoriy hujjat 
    bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda ta’lim 
    olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o‘lchovidir. Talabaga kredit ma’lum bir o‘quv 
    modulidan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli 
    o‘tgandan so‘ng beriladi. 
    Har bir talaba kelajakda tanlagan yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha 
    diplomga ega bo‘lishi uchun kreditlarni yig‘ib borishi lozim. To‘plangan kredit 
    talabaga butun umr davomida o‘zining malakasini oshirib borish yoki qo‘shimcha 
    oliy ma’lumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, to‘plangan 
    kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi. Charlz Uilyam Yeliot Bular 
    Amerika qoʻshma Shtatlarining kredit tizimi (USCS); Yevropa mamlakatlarining 
    kredit tizimi (YeCTS); Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarining kredit tizimi 
    (UCTS); Buyuk Britaniyaning kredit tizimi (CATS). 
    Kredit texnologiyasi ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan tanlov 
    o‘quv modulilarini tanlash, bu orqali individual o‘quv rejasini shakllantirishda 
    bevosita ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat o‘quv modulilarni, balki 
    professor-o‘qituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga o‘quv 
    modulilarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu o‘quv 
    jarayonlarini baholashning o‘ziga xos qiymat ko‘rsatkichi bo‘lib ham hisoblanadi. 
    Kredit tizimi bilan o‘qish va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish talabalarga o‘quv 
    jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, ta’lim 
    texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi. 
    Kredit to‘plash o‘lchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir 
    qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi bo‘lib yetishishi 
    uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni 
    chog‘da, baholash tizimi va ta’lim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib 
    keldi. 


    47 
    Bolonya deklaratsiyasida ko‘zda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan 
    mustaqil ta’limga urg‘u qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga xizmat 
    qiladi: 

    birinchisi, talabalar va o‘qituvchilarning mobilligini, ya’ni bir oliy ta’lim 
    muassasasidan boshqa OTMga to‘siqlarsiz, erkin ravishda o‘tishini (o‘qishni yoki 
    ishni ko‘chirish)ni ta’minlaydi; 

    ikkinchisi, talabaning tanlagan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi 
    bo‘yicha barcha o‘quv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq 
    hisoblab boriladi. Kredit yig‘indisi talabaning tanlagan dasturi bo‘yicha nimani 
    qancha o‘zlashtirganligini namoyon etadi. 
    Talabalarning modullar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka, 
    tayanch va fanga doir kompetensiyalarini nazorat qilish va baholash (joriy, oraliq, 
    yakuniy) topshiriqlarining murakkablik darajalari yuzasidan tavsiyalar: 

    Talabalarning modullar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka, 
    tayanch va fanga doir kompetensiyalarini nazorat qilish va baholash turi bo‘lgan joriy 
    nazorat topshiriqlari B.Blum o‘quv maqsadlari taksonomiyasiga muvofiq 
    shakllantirish lozim; 

    Talaba joriy nazoratga ajratilgan ballarni to‘plashi uchun tayyorlangan 
    topshiriqlar majmuasining 60%i bilish tushunish, amalda qo‘llashga doir murakkablik 
    darajasi reproduktiv va produktiv bo‘lgan topshiriqlar; 

    Talaba joriy nazoratga ajratilgan ballarni to‘plashi uchun tayyorlangan 
    topshiriqlar majmuasining 20%i tahlil va sintez o‘quv maqsadlariga murakkablik 
    darajasiga ko‘ra qisman-izlanishli topshiriqlar bo‘lishi lozim;

    Talaba joriy nazoratga ajratilgan ballarni to‘plashi uchun 20% i xulosa o‘quv 
    maqsadlariga murakkablik darajasiga ko‘ra ijodiy kreativga mos kelishi lozim. 
    Oraliq va yakuniy nazorat uchun topshiriqlar majmuasini shakllantirish-da ham 
    murakkablik darajalari nisbati yuqoridagi tavsiyaga mos kelishi, ya’ni 60% i bilish 
    tushunish, amalda qo‘llashga doir murakkablik darajasi reproduktiv va produktiv, 
    20%i tahlil va sintez o‘quv maqsadlariga murakkablik darajasiga ko‘ra qisman-
    izlanishli, 20%i xulosa o‘quv maqsadiga mos murakkablik darajasiga ko‘ra ijodiy 
    kreativ bo‘lishi lozim. 


    48 

    Download 26,13 Mb.
    1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish