60
kompetensiyalarni nazorat qilish va baholash uchun o‘quv topshiriqlari va
nostandart test topshiriqlarini shakllantirish;
o‘quv o‘quv modulii bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va o‘quv
moduliga oid xususiy kompetensiyalarni talabalar tomonidan qiziqishi va
ehtiyojlariga muvofiq to‘liq o‘zlashtirilishi uchun o‘z o‘quv rejalarini individual
tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
o‘qitish jarayoni shakllari
: ma’ruza, laboratoriya, amaliy, seminar
mashg‘ulotlarini o‘quv maqsadlari asosida uyg‘unlashtirish, talabalarning mustaqil
ta’limi va ishining nisbatini orttirish, mazkur jarayonni rejali va maqsadga muvofiq
tashkil etish;
bo‘lajak mutaxassislarga mehnat bozorida qo‘yiladigan talablarni inobatga
olgan holda o‘qitish jarayonini tashkil etilishi va dasturlarni optimallashtirishning
qulayligi va kooreksiyalash imkoniyati mavjudligi.
Yuqoridagi maqsad va vazifalar professor-o‘qituvchilardan
ma’ruza,
laboratoriya, amaliy, seminar
mashg‘ulotlarini nafaqat o‘qitishni innovatsion ta’lim
texnologiyalari asosida olib borish, balki talabaning mustaqil ta’lim va ishiga
yangicha yondashish, zamon talabidan kelib chiqib, mutaxassisning malaka
talablaridan kelib chiqqan holda tabalar tomonidan
bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch
va o‘quv moduliga oid xususiy kompetensiyalar, kasbiy va vitagen tajribalarni
egallash, ularda tabiiy-ilmiy savodxonlik, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish
natijasida inson kapitali yaratishni talab etadi.
Xorijiy tajribaga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 2-4
tagacha moduldan iborat bo‘ladi. Modulda jamlangan o‘quv modulilar osondan
murakkablik sari, nazariy-uslubiy o‘quv modulilardan amaliy o‘quv modulilarga
qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o‘zaro uzviy to‘ldirish prinsipi asosida
shakllantiriladi. Talaba mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki
ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Modul asosida o‘qitish tizimida talabalar bilimi,ko‘nikma, malaka, tayanch va
o‘quv moduliga oid xususiy kompetensiyalarni nazorat qilish va baholashda reyting
baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha o‘quv faoliyati, ya’ni
auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda olgan, o‘zlashtirgan bilimlari
ball berish orqali baholanadi.