56
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma,
malaka, tayanch va o‘quv moduliga oid xususiy kompetensiyalarini Reyting tizimi
nazoratlari vositasida yaxlit nazorat qilingan va baholangan.
Kredit-modul tizimida o‘quv dasturidan o‘rin olgan ta’lim mazmuni
modullarga ajratiladi va har bir modulga kredit birligi aniqlanadi. Talaba o‘quv yili
davomida o‘quv moduli bo‘yicha belgilangan kredit birliklarini to‘plashi
lozim
bo‘ladi.
Bu tizimning afzalligi shundaki, talaba har bir modul bo‘yicha belgilangan
kredit birligi to‘plash orqali o‘quv moduli didaktik maqsadlariga bosqichma-bosqich
erishadi, erishilgan natijani tahlil qiladi va o‘z o‘quv faoliyatiga ongli yondashish
orqali o‘quv motivlarini faollashtiradi. Mazkur tizimda sub’ekt-ob’ekt emas,
balki
sub’ekt-sub’ekt munosabatlari vujudga keladi.
Kredit tizimida sinov birligi (kredit YeCTS - Yeuropean Credit Transfer
System) haqida tushuncha. YeCTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori
60 tani tashkil etadi. Bir o‘quv yili 2 semestrdan iborat ekanligini hisobga olsak,
talaba o‘qishi davomida har semestr 30 kredit to‘plab borishi zarur. Bakalavr dasturi
odatda 4 yil ekanligini hisobga olsak, talaba ushbu darajani qo‘lga kiritishuchun jami
240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit to‘plashi kerak
bo‘ladi.
Kredit-modul tizimi oliy ta’lim
tizimini modernizatsiyalash, jahon
standartlariga moslashtirish imkonini berib, an’anaviy ta’lim tizimiga nisbatan ancha
mukammal, zamonaviy, hamma uchun tushunarli, aniq o‘lchov birligiga ega bo‘lgan
tizim sanaladi.
YeCTS kredit-modul tizimida talaba esa har bir semestr, o‘quv
yili davomida
muayyan miqdorda kreditlar to‘plab borishi va tegishli miqdordagi, ya’ni 240 kreditni
to‘plagandan so‘ng unga bakalavr, bakalavrni tugatgandan so‘ng magistratura
darajasini egallash uchun 120 kredit to‘plashi kerak bo‘ladi.
YeCTS kredit-modul tizimida bir o‘quv yili uchun kreditlar miqdori 60 tani
tashkil etadi. Bir o‘quv yili 2 semestrdan iborat ekanligini hisobga olsak,
talaba
o‘qishi davomida har semestr 30 kredit to‘plab borishi zarur.
Professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifasi o‘ziga o‘qitish yuklatilgan o‘quv
modulining qaysi semestrda, talabalar qancha kredit to‘plashi, shu kreditni egallashi
uchun talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ta’lim va nazariy mashg‘ulotlar
yuklamalari, o‘quv va test topshiriqlarini aniqlashi zarur.