57
vaqt. Modul bo‘yicha 1 kredit o‘qish yuklamasi 25-30 soat oralig‘ida belgilangan.
Odatda har bir OTM o‘zining ichki qoidalarida belgilaydi va bu qoidalar OTM veb
sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi. Agar Siz o‘qiydigan modulga 3
kredit
ajratilgan bo‘lsa, talaba ushbu o‘quv moduli bo‘yicha belgilangan miqdordagi
kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida 75-90 soatlik o‘qish yuklamasini
bajarishi kerak bo‘ladi (25*3=75; 30*3= 90). Shunday ekan, kredit-modul tizimini
joriy etgan OTMlarda talabalar har bir o‘quv moduli
uchun belgilangan kreditlar
miqdori belgilanib, o‘quv yilining boshida har bir o‘quv moduli uchun talabalar
o‘qish va o‘rganishga qancha vaqt sarflash kerakligini, o‘quv topshiriqlarini silabus
ko‘rinishida yoki talabaning shu modul bo‘yicha mustaqil ish daftari shaklida
shaffoflikning bir ko‘rinishi sifatida tavsiya etishi zarur.
Kredit-modul tizimi prinsiplari va ularni amalga oshirish yo‘llari.
Oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimini amalga oshirish
prinsiplari sifatida
quyidagilar:
1. Talaba shaxsiga yo‘naltirilgan texnologiya asosida o‘quv moduli
mazmunidan kelib chiqqan holda kredit - modul tizimining didaktik va metodik
ta’minotini ishlab chiqishi lozim (student-centered yeducation);
2. Ta’lim-tarbiya jarayoni davomida tizimli,
muntazam va shaffoflikka
asoslangan talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va o‘quv
moduliga doir kompetensiyalarni nazorat qilish va baholash Reyting tizimi
topshiriqlarini shakllantirish va amaliyotga joriy etish (transparent yeducation)
(shaffoflikni ta’minlash);
3. Kredit-modul
tizimi
talabalari
asosida
ta’lim-tarbiya jarayonining
moslanuvchanligini kuchaytirish, ya’ni talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma,
malaka, tayanch va o‘quv moduliga doir kompetensiyalarni
nazorat qilish va
baholash Reyting tizimi topshiriqlarini murakkablik darajasi (
reproduktiv, produktiv,
qisman-izlanishli, kreativ) ni e’tiborga olgan holda talabalarning muayyan kredit
to‘plashiga imkon yaratish (improving flexiblity) (gibkost);
4. Ta’lim-tarbiya jarayoni davomida talabalar mobilligini kuchaytirish, ya’ni
talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va o‘quv moduliga doir
kompetensiyalarni nazorat qilish va baholash Reyting tizimi topshiriqlarini DTS
(minimal- reproduktiv, produktiv daraja) va malaka (maksimal- qisman-izlanishli,
kreativ) talablar asosida shakllantirgan holda talabalarning qiziqishi, ehtiyoji va
hohishiga ko‘ra muayyan kredit to‘plashiga imkon yaratish (improving
student
mobility) belgilangan. Quyida har bir tamoyil tafsiflanadi.