58
Bu jarayonda aksari hollarda o‘qituvchining axboroti bilim olishning yagona
manbai
sifatida qaraladi, talabalar shu o‘quv moduli davomida o‘zlashtirishi lozim
bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va o‘quv moduliga doir xususiy
kompetensiyalarni qanday usulda o‘rganishi kerakligi masalalarini belgilashda
mehnat bozori vakillari
va talabalarning qiziqishlari, extiyojlari, fikrlari ko‘p ham
e’tiborga olinmaydi. Ta’lim-tarbiya jarayoni sub’ekt-ob’ekt munosabatlar asosida
boshqarish va tashkil etish ancha markazlashgan tarzda amalga oshiriladi.
Talabalarning o‘quv-bilish faoliyati passiv tinglovchi shaklida tashkil etiladi. Bu
jarayonda talabalarda mustaqil fikrlash, o‘z
fikrlarini ifoda etish, munozaraga
kirishish, muammolarga tanqidiy yondashish, mustaqil qarorlar qabul qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati cheklanadi.
Talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor
qaratish lozim:
1. Ta’lim-tarbiya jarayonida
talabaning qiziqishi, o‘quv moduli asoslarini
o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoji, temperamenti va motivatsiyasini e’tiborga olgan
tavofutlab yondashishni amalga oshirish;
2. O‘quv modulining mazmuni e’tiborga olingan holda o‘quv modulilar
integratsiyasi va kasbiy yo‘naltirish orqali talabalarning
barkamolligi va
raqobatbardoshligini ta’minlash;
3. Talabalarning mustaqil bilim olish kompetensiyalarini tarkib toptirish
maqsadida mustaqil ta’lim topshiriqlarini induktiv va deduktiv mantiqiy (bottom up
keng miqyosda) yo‘nalishda amalga oshirish yo‘llarini belgilash;
4. O‘quv modulining mazmuni va DTS me’yorlarini nazarda tutgan holda
elektron-axborot resurslarni tayyorlash;
5. Ta’lim-tarbiya jarayonida talabaning o‘quv moduli davomida o‘zlashtirishi
lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va o‘quv moduliga doir xususiy
kompetensiyalarni nazorat qilish va baholashning
zamonaviy vositalari, jumladan,
sun’iy intellektni aniqlash maqsadida adaptiv test va o‘quv topshiriqlardan
foydalanish orqali talabalarning o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholashiga imkon
yaratish;
6. O‘qituvchi bu
jarayonda muvofiqlashtiruvchi, maslahatchi, tashkilotchi,
nazorat qilish va boshqarish funksiyalarini amalga oshiradi.
Oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimini amalga oshirishda bir-biri bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan akademik kredit va akademik
modul tushunchalarining
mazmun-mohiyatini anglash zarur. Bu yerda professor-o‘qituvchi o‘z o‘quv
moduliidan talaba to‘plashi zarur bo‘lgan kredit soni va uning topshiriqlarini
shakllantirish, muntazam holda ma’ruza, laboratoriya, amaliy, seminar mashg‘ulotlari
va mustaqil ta’limni muvofiqlashtirishi zarur.