|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi Pdf ko'rish
|
bet | 416/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTONOson (reproduktiv) (I) -
talabalar tomonidan o‘quv materiali qayta
ishlanmasdan, savollarga javob berish, darslikdagi o‘quv materialidan foydalanib
matn tuzish, shu o‘quv materiali asosda jadval shakllantirish, hodisa, voqea, qonun va
atamalarning mohiyatini yoritishni talab qiladigan daraja;
O‘rtacha qiyin (produktiv) (II) –
mustaqil ish topshiriqlari talabalar
tomonidan o‘quv materiali qayta ishlanib,
ob’ektlarni tahlil qilish, sintezlash,
taqqoslash, bir nechta qonun va qonuniyatlarni bir vaqtda qo‘llab, umumlashtirish
orqali xulosa yasashni talab qiluvchi daraja;
Qiyin (qisman-izlanishli) (III) –
mustaqil ish topshiriqlari talabalar
tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan
vaziyatlarda qo‘llash, ob’ektlarni tahlil qilish, sintezlash, qiyosiy taqqoslash, qonun
va qonuniyatlarni qo‘llab, umumlashtirish orqali Mental xarita tuzish asnosida xulosa
yasashni talab qiluvchi daraja;
Eng qiyin (kreativ) (IY) -
mustaqil ish topshiriqlari talabalar tomonidan
avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni kutilmagan vaziyatlarda vujudga
keltirilgan o‘quv muammolarni hal etishda ijodiy qo‘llash, tahlil, sintezlash, qiyosiy
taqqoslash, umumlashtirish, xulosa yasash kabi aqliy operatsiyalarni bajarish, start-ar
loyalarni shakllantirishni talab etuvchi daraja;
Xulosa qilib aytganda, kredit-modul tizimida sifatli ta’limni ta’minlash
maqsadida professor-o‘qituvchilar o‘quv moduli mazmunidan kelib chiqqan holda
Blum o‘quv maqsadlari talablari asosida talabalarning auditoriya va auditoriyadan
tashqari mashg‘ulotlar uchun standart va nostandart o‘quv va test topshiriqlar
majmuasini shakllantirishi va amaliyotga joriy etish uchun HEMIS elektron axborot
tizimining talabalar faoliyatini boshqarish blokida topshiriqlar rukniga joylashtirishi
lozim.
|
| |