79
4.
Talabalarning mustaqil ta’limi qaysi o‘qitish shakllarida qo‘llanishini
aniqlang.
5.
Auditoriyada tashkil etiladigan o‘qitish shakllarida
talabalarning mustaqil
ta’limining didaktik maqsadi va vazifalarini aniqlang.
6.
Auditoriyadan tashqari tashkil etiladigan o‘qitish
shakllarida talabalarning
mustaqil ta’limining didaktik maqsadi va vazifalarini aniqlang.
7.
Talabalarning ma’ruzada o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarni tanish va
odatiy vaziyatda qo‘llashi uchun mustaqil ta’lim qaysi shakllarda amalga oshiriladi?
8.
Talabalarning ma’ruzada o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma,
malakalarni yangi
vaziyatlarda qo‘llashi uchun mustaqil ta’lim qaysi shakllarda amalga oshiriladi?
9.
Talaba mustaqil ishni bajarish jarayonida o‘quv-bilish
faoliyatining qaysi
jihatlari rivojlanadi?
10.
Mustaqil
ta’lim jarayonida talabalarga tavsiya etiladigan o‘quv
topshiriqlarining murakkablik darajalarini sharhlang.
80
AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI
1-amaliy mashg‘ulot: Baholash turlari (joriy, oraliq, yakuniy va xalqaro).
Baholash tamoyillari va mezonlari.
AMALIY MASHG‘ULOT TOPSHIRIQLARINI
BAJARISH
ALGORITMLARI:
1.
O‘zingiz o‘qitadigan o‘quv modulining ishchi dasturini tahlil qiling. Unda
talaba egallanishi nazarda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni tahlil qiling.
2.
Talabalar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan
mazkur bilim, ko‘nikma va
malakalarni Blum taksonomiyasiga muvofiq kurs yuzasidan o‘quv
maqsadlariga
aylantiring.
.............................................o‘quv moduli bo‘yicha o‘quv maqsadlari
1-jadval