8. Alteratsiya (A), dinamik (B) belgilarni, interval (C) nomlarini aniqlang va jadvalning “javob” qismiga yozing. 1. prima
10. piano
2. sekunda
11. kvinta
3. diez
12. diminuendo
4. tersiya
13. dubl bemol
5. forte
14. bekar
6. kreshendo
15. seksta
7. kvarta
16. septima
8. dubl diez
17. fortissimo
9. bemol
18. oktava
Javob A - B - C - Javob A – 3, 8, 9, 13, 14 B – 5, 6, 10, 12, 17 C – 1, 2, 4, 7, 11, 15, 16, 18 TALABALARNING BILIMLARNI AMALDA QO‘LLASH O‘QUV MAQSADIGA ERISHILGANLIK DARAJASINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHDA FOYDALANILADIGAN NOSTANDART TEST TOPSHIRIQLARI Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish prinsiplari ichida nazariya va amaliyot
birligi muhim o‘rin tutadi, shuni hisobga olgan holda o‘quv maqsadlaridan
talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash imkoniyatini
yaratish zarur. Buning uchun o‘qituvchi o‘quv topshiriqlarini tuzishda talabalarning
o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatda qo‘llashini nazarda
tutishi lozim. Bu topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalar o‘quv materialini qayta
ishlashi, moslashtirishi, loyihalashi, modellashtirishi, qayta aytib berishi talab etiladi.
93
Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash o‘quv
maqsadiga erishish darajasini standart o‘quv va test topshiriqlari vositasida aniqlash
ko‘zlangan natijani bermaydi. Shu sababli, quyida berilayotgan ko‘p javobli, jadvalli
nostandart test topshiriqlaridan foydalanish tavsiya etiladi.