`
81
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
YANGI O’ZBEKISTONDA ZAMONAVIY JURNALISTIKA.
Behzod O’rinov
Jurnalist
https://doi.org/10.5281/zenodo.7238144
Hozirgi kunda tub islohotlar yo‘lidan borayotgan Yangi O‘zbekistonda,
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari, so’z
erkinligi va jurnalistikaning jamiyatimiz rivojidagi o‘rniga alohida e’tibor
qaratmoqda.
Jahon miqiyosida jurnalistika paydo bo‘lgandan
beri ommaviy ahborot
vositalarida tanqidiy,tahliliy,ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy maqolalar,teleko‘rsatuv
va radioeshittirishlar auditoriya e’tiboriga havola qilib kelinadi.Darhaqiqat,inson
qadri,uning huquq va erkinliklari zamon va makon chegaralarini tan olmaydi,har
bir davrda o‘z ahamiyatini yo‘qotmasdan har doimgidek muhim e’tibor
kasb etib kelaveradi.Ommaviy ahborot vositalari o‘z tamoyillariga sodiq qolgan
holda jamiyatda faoliyatini davom ettirib kelmoqda.Shu bois, ushbu tamoyillarni
va ommaviy ahborot vositalarini yanada rivojlantirish masalasida ilmiy
izlanishlar,tadqiqotlar ham ancha yildan beri olib boriladi.
Albatta biz ommaviy
axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar ushbu
isloxotlarning amalga oshishida jonbozlik ko ‘rsatmog’imiz darkor.
Yangi davrda jurnalistik tamoyillarning o‘zgarishi va ularning ahborot
samaradorligiga ta’siri,xususan matbuotimizda jurnalistikaning
haqqoniylik va
xolislik tamoyillari aks etishi, Yangi O’zbekistondagi isloxotlarning ommaviy
axborot vositalari faoliyatiga ta’sirini ilmiy jihatdan o ‘rganish,ularni keng tahlil
va tadqiq qilish katta ahamiyatga ega.Xususan
bosma nashrlar faoliyatini
takomillashtirishning dolzarb masalalari butun jahon muammosiga
aylanmoqda.Shu bois,bugungi kun tadqiqotchilari oldiga mavzuni chuqur ochib
berish vazifasi qo ‘yilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ommaviy axborot vostilari sezilarli
darajada rivojlanish bosqichida. Bunga misol ommaviy
axborot vositalarining
soni
4 baroborga oshib, 1500 ta dan oshdi desak mubolag’a bo‘lmaydi. Demak ushbu
tarmoqda rivojlanish izchil davom etmoqda. Albatta biz bundan mamnun
bo‘lishimizga arziydi.
Yurtboshimiz so‘zlariga ko‘ra, “Eng muhimi, soha rivojida ana shunday
miqdor o‘zgarishlari bilan birga sifat o‘zgarishlari ham yuz bermoqda.
Buning
tasdig‘ini milliy media maydonimizda fuqarolik jamiyatining muhim sharti
bo‘lgan nodavlat ommaviy axborot vositalari tarmog‘i kengayib,
samarali
faoliyat ko‘rsatayotgani, internet jurnalistikasi jadal rivojlanib borayotgani