Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

MUSTAQIL 
TA’LIM 
O‘QUV, ISHLAB 
CHIQARISH 
AMALIYOTI 
KURS ISHI 
BITIRUV 
MALAKAVIY ISHI 
AUDITORIYADAN TASHQARI 
TASHKIL ETILADIGAN O‘QITISH 
SHAKLLARI 
PEDAGOGIK
AMALIYOT 
LOYIHA ISHI 


70 
Mustaqil ta’lim har bir talabaning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda amalga oshiriladi. Psixolog va pedagoglarning ta’kidlashicha, talaba bilim 
olishda mustaqillikka o‘rgatilmasa, uning olgan bilimlari yuzaki bo‘ladi. Mustaqil 
ta’lim darslik, qo‘shimcha adabiyotlar, ommaviy, kompyuter axborot vositalari, 
kartografik va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, internet ma’lumotlardan foydalangan holda 
ijodiy izlanishdir. Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan asosiy maqsad nazariy va amaliy 
bilimlarni egallash, qonuniyatlarni belgilash, tabiat va jamiyat komponentlari 
orasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘lanishlarni aniqlash, mustaqil bilim olish 
ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Talaba mustaqil ishlash jarayonida, materialini qabul qilish, qayta ishlash, 
uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o‘zlashtirgan bilimlarni avvalgilari bilan 
bog‘lash, taqqoslash, takrorlash va ularni amalga tatbiq qilish sharoitida faol, ijodiy, 
mustaqil faoliyati
shakllanadi hamda rivojlanadi. 
Mustaqil ta’lim talabalar tomonidan u yoki bu fan bo‘yicha darslik yoki dastur 
materiallaridan bir qismini, kredit-modul tizimida esa o‘quv materialini mustaqil 
o‘zlashtirilishidir.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’ruzada o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, 
malakalarni tanish va odatiy vaziyat, shuningdek yangi vaziyatlarda qo‘llash 
maqsadida mustaqil ta’lim shakllarini belgilashi zarur. 
Oliy ta’limda talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarni tanish 
va odatiy vaziyatda qo‘llash orqali kompetensiyalarni tarkib toptirish maqsadida 
amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida ma’ruzada o‘zlashtirilgan bilim, 
ko‘nikma, malakalarni tanish va odatiy vaziyatda qo‘llash orqali mustahkamlanadi. 
Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish 
va baholashda professor-o‘qituvchilar quyidagilarga e’tibor qaratishi talab etiladi. 
Mustaqil ish turi va shakli muayyan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) hamda 
o‘quv moduli (modul)larning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Mustaqil ta’lim uchun taklif etilgan mavzular hamda mustaqil ish topshiriqlari 
va ularni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar talaba uchun ishlab chiqilgan o‘quv moduli 
dastur (sillabus)da o‘z aksini topishi lozim. Mustaqil ish uchun taqdim etilgan o‘quv 
topshiriqlari variativ tavsifga ega bo‘lishi tavsiya etiladi. O‘quv moduli (modul) 
bo‘yicha mustaqil ta’limga ajratilgan soatlarning mustaqil ish tarzida bajarilishi 
ko‘zda tutilgan o‘quv birligi hajmi (kredit) mas’ul kafedra muhokamasidan 
o‘tkazilishi, yig‘ilish qarori bilan tasdiqlanishi hamda professor-o‘qituvchi tomonidan 
tuzilgan sillabusda mustaqil ish shakli va turi mazkur hajm (kredit)ga mos kelishi 
lozim. Didaktik jarayon, xususan talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarni 
jadallashtirish, talabalarning mustaqil ta’lim olish samaradorligini oshirish maqsadida 
o‘quv davrining I semestrida tyutorlar, ARM xodimlari va o‘quv moduli mas’ullari 
tomonidan mazkur jarayonni amalga oshirish tartibi bo‘yicha davriy ravishda (shu 
jumladan, kredit haftaligi doirasida) o‘quv seminarlari tashkil etiladi. Talabalarning 
modul yuzasidan mustaqil ish topshiriqlari va uni bajarish muddatlari elektron 
platformada qat’iy belgilanadi. Uzrli sabablarsiz mustaqil ishni bajarish muddatini 
o‘tkazib yuborgan talabaning o‘quv faoliyati natijalari tekshirilmaydi va 
baholanmaydi. Uzrli sabablar esa dekanat (registrator ofis) tomonidan o‘rganib 
chiqilishi, dekan yoki kafedra mudiri ruxsati bilan inobatga olinishi hamda topshiriq 


71 
bajarilishi uchun yakuniy nazorat o‘tkazilishiga qadar qayta topshirish muddati 
belgilanishi mumkin.
Mustaqil ta’lim bo‘yicha o‘quv faoliyati natijalari baholan-magan talaba 
yakuniy nazoratlarga kiritilmaydi yoki shartli ravishda topshirish muddati 
belgilanadi. O‘quv moduli (modul) bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat savollarining 
1/2 qismi mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun tavsiya etilgan mavzular va adabiyotlar 
asosida tuzilishi tavsiya etiladi.
O‘quv moduli (modul)ning auditoriya yuklamasini bajarish vaqtida 
talabalarning mustaqil ishlari nazorat qilinmaydi. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini 
bajarish yuzasidan o‘quv moduli dastur (Sillabus)da ko‘rsatilgan kontakt soatida 
oflayn yoki onlayn tarzda bir yoki ikki marotaba maslahat olishi mumkin. 
Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda akademik va etik talablarga rioya 
etishi (plagiatga yo‘l qo‘ymaslik, professor-o‘qituvchilar, talabalar bilan tolerant 
munosabatda bo‘lish, kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash, mas’uliyatlilik) shart. 
O‘quv moduli (modul) yuzasidan talabalar bajaradigan mustaqil ish 
topshiriqlari variativ tavsifga ega bo‘lishi lozim. Mustaqil ish topshiriqlarining 1/3 
qismi kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash (kooperativlik)ga mo‘ljallangan bo‘lishi 
kerak. Mustaqil ta’lim uchun taklif etiladigan mavzular va mustaqil ish topshiriqlari 
o‘quv moduli (modul)ga ajratilgan kreditlar soni hamda talabaning vaqt budjetini 
inobatga olgan holda belgilanishini nazarda tutish lozim. 
Talaba tomonidan elektron tizim (platforma)ga yuklangan mustaqil ish 
topshiriqlari aniq belgilangan muddatda professor-o‘qituvchi tomonidan tekshirilishi 
va natijasi talabaga ma’lum qilinishi shart. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash o‘quv 
moduli (modul)ning umumiy baholash (100 ballik) tizimida aks ettiriladi va o‘quv 
moduli dastur (sillabus)ning baholash mezonlarida unga ajratilgan ball aniq ko‘rsatib 
qo‘yiladi. 
O‘qishi ko‘chirilgan yoki tiklangan talabalar o‘zlashtirilmagan o‘quv moduli 
(modul)larni qayta o‘qish tartibida o‘zlashtiradi. Istisno tariqasida, o‘quv modulining 
semestrdagi yuklamasi 6 (olti) kreditdan oshmaydigan akademik farqli o‘quv moduli 
(modul)lar talabaning arizasiga ko‘ra va dekan roziligi bilan 100% mustaqil ta’lim 
shaklida o‘zlashtirilishi mumkin.
Kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning didaktik 
maqsadi va vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:
– talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishdan asosiy maqsad o‘quv moduli 
(modul) bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy 
ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini 
rivojlantirish, 
kognitiv, 
kreativ, 
hamkorlikda 
ishlash 
kompetensiyalarini 
shakllantirishdan iboratdir. 
– talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion 
faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi kompetensiyalarni egallash maqsadi bilan 
bog‘liqlikda mustaqil o‘quv faoliyatini amalga oshirish; 
– bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira 
olish va uni hal etishning maqbul yo‘larini izlab topishga qobiliyatli kreativ shaxsni 
tarbiyalash; 


72 
– talabalarda o‘quv dasturini to‘liq o‘zlashtirishga doir motivatsiyani hosil 
qilish; 
– ta’lim oluvchilarda bilim olishga doir mas’uliyatni oshirish; 
– talabalarda umummadaniy va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga 
imkon berish;
– ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini 
rivojlantirishga qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish.
O‘quv materiallarining talabalar tomonidan mustaqil o‘zlashtirilishini 
takomillashtirishmasdan zamonaviy ta’lim oldiga qo‘yilgan vazifalarni talab 
darajasida bajarishning umuman imkoni yo‘q.
Mustaqil bilim olish nazariyasi va texnologiyada ham pedagogik tamoyillar 
asosiy rolni o‘ynaydi. Mustaqil bilim olayotgan sub’ektni ta’lim jarayonida hech kim 
o‘qishga majbur etmasdan ularning o‘quv motivatsiyalarini rivojlantirish maqsadga 
muvofiq.
Mustaqil bilim olish texnologiyasini yaratish bir necha alohida muammmolarni 
hal etishni ko‘zda tutadi. Ular orasida muntazam bilim olishning maqsadini qo‘yish 
muammosi alohida ajralib turadi. Agarda ta’lim olish umumiy rivojlanishni 
ta’minlashga xizmat qilsa, mustaqil bilim olishning maqsadi esa kasbiy shakllanish 
yoki kasbiy mahoratni o‘stirishga xizmat qilish bo‘lib hisoblanadi. 
Mustaqil bilim olishni ta’minlashga imkon beradigan topshiriqlar bilim, 
ko‘nikma, malaka, tayanch va fanga oid kompetensiyalar, umumiy va xususiy 
tushuncha shuningdek, sabab va qadriyatli yunalishlarni o‘zlashtirishi past darajali va 
qoniqarsiz bo‘lgan talabalar uchun qulay sharoitni yaratishni ko‘zda tutadi. Birgina 
muvaffaqiyatni his etish ham talabani mustaqil bilim olishga undovchi psixologik 
holatni yuzaga keltiradi. 
Talabaning mustaqil ishi uning auditoriyada va undan tashqarida, o‘qituvchi 
rahbarligida yoki o‘qituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil ish majmuini 
anglatadi. Mustaqil ta’limni B. Blum taksonomiyasiga oid maqsadga muvofiq tashkil 
etilishi mavjud muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Hozirda ta’lim oluvchilar orasida mustaqil ta’limni tashkil etishdagi 
muammolar quyidagilar: 
-professor-o‘qituvchining talabalarning mustaqil ta’limi va ishining didaktik 
ta’minoti tizimli ishlab chiqilmaganligi; 
-professor-o‘qituvchi tomonidan mustaqil ish vazifalarni hamma talabalarning 
to‘liq bajarishi lozimligi to‘g‘risida talabni amalga oshirmasligi; 
-talabalarda o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qligi; 
-talabalar nutq madaniyatining yaxshi rivojlanmagani; 
-talabalarning mustaqil ishini baholashda vaqtning yetishmasligi sababli uning 
metodikasining ishlab chiqilmaganligi, ya’ni taqdimotlar himoyasining tashkil 
etilmasligi; 
Mustaqillik-shaxsning alohida xususiyati, layoqati, faolligi diqqatini jamlash 
qobiliyati, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida bor kuchini sarf etish kabi 
xususiyatlar birligidir. 
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bugungi kunning dolzarb 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Talabalarga yuqori darajadagi bilimni o‘quv 


73 
auditoriyasidagi mashg‘ulotlar to‘liq bera olmaydi. Buni amalga oshirishda mustaqil 
o‘quv faoliyati to‘ldiruvchi rivojlantiruvchi vazifasini bajaradi.
Mustaqil ta’lim o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, 
qo‘shimcha ma’lumot yoki materialni mustaqil o‘rganish maqsadidagi o‘quv shakli. 
Talabalar o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz yoki bilvosita boshqaruvida, u bergan 
vazifa, darslik asosida individual bajaradigan ishi mustaqil ish hisoblanadi.
Talabalarning mustaqil ishi o‘quv jarayonining ajralmas qismidir. Mustaqil 
faoliyat muayyan o‘quv modulidan o‘quv dasturida belgilangan hamda talaba 
tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirishni amalga oshirishga xizmat qiladi, o‘qituvchi maslahati va tavsiyalari 
asosida auditoriya yoki auditoriyadan tashqarida bajariladi. O‘quv modulining 
xususiyatidan kelib chiqib, mustaqil ish turlari bo‘yicha topshiriqlar ishlab chiqiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 21 
fevraldagi «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish to‘g‘risida»gi 34-sonli buyrug‘i 
bilan tasdiqlangan «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash 
tartibi to‘g‘risida»gi Namunaviy nizomda quyidagilar aniq belgilangan:
– talabalar mustaqil ishining maqsad va vazifalari;
– talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari; 
– talaba mustaqil ishining axborot ta’minoti; 
– talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash. 
Mazkur nizomda talabalar mustaqil ishining maqsad va vazifalari, shakllari, 
axborot ta’minoti, nazorat qilish turlari va baholash mezonlari ko‘rsatib berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14 
avgustdagi 286-sonli buyrug‘ining 1-ilovasida «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish 
va nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma»da talabalar mustaqil ishini samarali olib 
borish uchun yanada kengroq va chuqurroq ma’lumot berilgan. Mazkur buyruqda 
talabalarning tadqiqot o‘tkazish qobiliyati, kreativ fikrlashini rivojlantirish nazarda 
tutilgan.
Talabalar mustaqil ta’limining asosiy vazifasi mustaqil ravishda ma’lumotlar 
topish usuli bilan bilim olishni rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ijodiy yondashishga 
faol qiziqishni shakllantirishdan iborat. 
Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini baholash bo‘yicha aniq 
tavsiya bo‘lmaganligi sababli mazkur jarayon uchun tavsiya ishlab chiqildi. 
Mustaqil ishni baholash mezonlari 5 baho asosida ishlab chiqildi va talabalar 
uchun rag‘batlantirish darajalari ham belgilandi. 
Ma’lumki, talabalar mustaqil ta’limni amalga oshirgandan so‘ng, bajargan ishi 
yuzasidan ustozdan rag‘bat kutadi agar rag‘bat avvaldan shakllantirilib talabalarga 
tavsiya etilsa, ularni ichki o‘quv motivatsiyasi ortadi. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish