Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet410/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

Kredit (kredit)
- talabaning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) 
bo‘yicha o‘quv modulilarni o‘qib o‘rganishi va o‘zlashtirishi uchun sarflangan o‘quv 
yuklamasining (vaqtning) o‘lchov birligidir. Kredit — talabaning me’yoriy hujjat 
bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda ta’lim 
olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o‘lchovidir. Talabaga kredit ma’lum bir o‘quv 
modulidan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli 
o‘tgandan so‘ng beriladi.Har bir talaba kelgusida tanlagan yo‘nalishi va 


61 
mutaxassisligi bo‘yicha diplomga ega bo‘lishi uchun kreditlarni yig‘ib borishi lozim. 
To‘plangan kredit talabaga butun umr davomida o‘zining malakasini oshirib borish 
yoki qo‘shimcha oliy ma’lumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda 
aytganda, to‘plangan kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi.
Xalqaro hamjamiyat ta’lim tizimida bir nechta turdagi, jumladan, Amerika 
Qo‘shma Shtatlari kredit tizimi Charlz Uilyam Yeliot (USCS); Yevropa 
mamlakatlari kredit tizimi (YeCTS); Osiyo va Tinch okeani kredit tizimi (UCTS); 
Buyuk Britaniya kredit tizimi (CATS) mavjud. Ular bir-biridan maqsad va mazmun-
mohiyati bilan farq qilsa-da ishlash mexanizmida umumiylik mavjud. 
Mazkur kredit texnologiyasi ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan 
tanlov o‘quv modulilarini tanlash, bu orqali individual o‘quv rejasini shakllantirishda 
bevosita ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat o‘quv modulilarni, balki 
professor-o‘qituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga o‘quv 
modulilarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu o‘quv 
jarayonlarini baholashning o‘ziga xos qiymat ko‘rsatkichi bo‘lib ham hisoblanadi. 
An’anaviy o‘qitishdan farqli o‘laroq, kredit tizimida majburiy o‘quv 
modulilardan tashqari tanlov o‘quv modulilari ham talabaning individual ish rejasiga 
kiritiladi. Talabalar o‘qishdan haydalmaydi yoki kursdan-kursga qoldirilmaydi. qaysi 
o‘quv moduli (kurs)dan belgilangan kreditlarni to‘play olmasa, faqat o‘sha o‘quv 
modulining o‘zidan qayta imtihon topshiradi, xolos. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi 
diplom esa belgilangan kreditlar to‘plagandan so‘ng beriladi. 
YeCTS tizimi bo‘yicha talabalarning bir yilda to‘plashi lozim bo‘lgan kredit 
miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir o‘quv yili ikki semestrdan iborat bo‘ladi deb olsak, 
talaba har semestrda 30 kredit to‘plab borishi lozim. Bakalavriat dasturi 3-4 yillik 
bo‘lsa, talaba bakalavr darajasini qo‘lga kiritishi uchun jami 180-240 kredit, 1-2 yillik 
magistratura dasturini tugallashi uchun esa, 60-120 kredit to‘plashi majburiyat 
hisoblanadi. 
Har bir ta’lim muassasasi bakalavriyat bosqichida bir semestrda o‘qish 15 hafta 
va attestatsiya uchun 6 (bir semestrda 3 hafta imtihonlar uchun ajratilgan) hafta 
ajratadi. Shunda 4 yilda o‘qish haftalari soni 144 tani, attestatsiyalar 24 haftani 
hamda umumiy ta’tillar bilan hisoblaganda jami 204 haftani tashkil etadi. Barcha 
ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar o‘quv rejalarida har bir bosqichda o‘quv 
modulilar ikki qismga, ya’ni asosiy va tanlov o‘quv modulilariga ajratilgan holda aks 
ettirilmoqda. ЕCТС talabidan kelib chiqib, talabaga har yili 60 kreditdan 4 yil ichida 
jami 240 kreditni to‘plash majburiyatini yuklash rejalashtiriladi. Shunda talaba 4 yil 
davomida ma’ruza, amaliy hamda laboratoriya mashg‘ulotlari va imtihon 
jarayonlarida ishtirok etishiga 2880 soat, mustaqil ta’limga 4320 soat, jami 7200 soat 
vaqt sarflashi lozim bo‘ladi. 
Faraz qilaylik, 1 kredit = 12 akademik soat + 18 soat mustaqil ta’limni tashkil 
etadi. Shu bois 1 kredit 30 soatga teng deb qaralib, talabaning haftalik auditoriya 


62 
yuklamasi 20 soatga teng. Malakaviy amaliyot uchun ajratilgan kredit miqdori 
tegishli o‘quv moduli yoki o‘quv modulilar hisobiga amalga oshirilishi ko‘zda 
tutilgan. 
Kredit-modul tizimining joriy etilishi o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda 
ishlashida muhim omil hisoblanadi. Modulli ta’limda pedagog tinglovchining 
o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba 
esa yo‘naltirilgan ob’ekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng asosiysi talabalarning 
mustaqil ta’lim olishiga qaratiladi.
Mazkur jarayonda «blended learning» (aralash 
ta’lim), «flipped classroom» (majmuali ta’lim) texnologiyalarini amaliyotga keng 
joriy etish talab etiladi. 
O‘quv jarayonida mustaqil ta’lim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda 
mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi va faolligini oshirishga olib 
keladi. Kredit-modul tizimida universitet talabalari har doim o‘qituvchi va 
kursdoshlaridan yordam hamda maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa 
o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlaydi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini 
shakllantirishga xizmat qiladi. 
Kredit-modul o‘qitish tizimiga o‘tish oliy ta’lim muassasasi professor-
o‘qituvchilariga bo‘lgan majburiyat hamda talabni ham oshiradi. Professor-
o‘qituvchilar Qarorda vazifa qilib belgilangan «blended learning» (aralash ta’lim), 
«flipped classroom» (majmuali ta’lim) texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish 
uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikma, malaka va kompenetsiyalarni egallashi 
lozim. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, modulli o‘qitish tizimi bilan o‘qituvchi 
nafaqat axborot beruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalarini, balki maslahatchi hamda 
muvofiqlashtiruvchilik 
vazifalarini 
ham 
bajaradi. 
Pedagogik 
jarayonda 
o‘qituvchining yetakchilik roli saqlab qolinadi. 
Kredit-modul o‘qitish tizimiga o‘tish horijiy hamkorlar bilan hamkorlikda 
ishlash, talabalar almashinuvining samaradorligini orttiradi. Chunki bitta 
universitetda olingan kreditlar ikkinchisida hisobga olinadi va talabalar kredit 
yo‘qotmasdan bir universitetdan boshqasiga o‘tishi mumkin. Aynan ushbu tizim 
talabalarning ilg‘or xorijiy universitetlarda o‘qishini davom ettirishiga hamda 
murakkab byurokratik to‘siqlarni olib tashlashga imkoniyat yaratadi. 
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga o‘quv kurslari va professor-
o‘qituvchilarini tanlash imkoniyatining berilishi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish 
va innovatsion va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda 
tashkil etishni taqoza etadi. 
Shuningdek, talabalarning mustaqil ta’limi va ishini maqsadga muvofiq tashkil 
etilishiga ahamiyat qaratilishi kerak.


63 

Download 26,13 Mb.
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish