64
Kredit-modul tizimida talabalarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va
kompetensiyalarini nazorat qilish va baholashning o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasida ta’lim-tarbiya jarayoniga qator vazifalar belgilangan.
Mazkur
vazifalar ichida eng asosiysi kredit-modul tizimi o‘tish orqali ta’lim-tarbiya
jarayonining samaradorligini orttirish sanaladi.
Ma’lumki, hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni
an’anaviy ta’lim tizimiga asosan tashkil etilmoqda.
An’anaviy ta’lim tizimining muayyan ijobiy tomonlari bo‘lishi bilan bir
qatorda kamchiliklari ham mavjud va tizimning samaradorligi past bo‘lib, bugungi
kun talablariga javob bermaydi.
Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim samaradorligini orttirish
maqsadida kredit-modul tizimi o‘tish belgilangan.
Kredit-modul tizimining nima afzalliklari mavjud degan savolga javob
topishga harakat qilamiz.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma,
malaka, tayanch va o‘quv moduliga oid xususiy kompetensiyalarini Reyting tizimi
nazoratlari vositasida yaxlit nazorat qilingan va baholangan.
Kredit-modul tizimida o‘quv dasturidan o‘rin olgan ta’lim
mazmuni
modullarga ajratiladi va har bir modulga kredit birligi aniqlanadi. Talaba o‘quv yili
davomida o‘quv moduli bo‘yicha belgilangan kredit birliklarini to‘plashi lozim
bo‘ladi.
Bu tizimning afzalligi shundaki, talaba har bir modul bo‘yicha belgilangan
kredit birligi to‘plash orqali o‘quv moduli didaktik maqsadlariga bosqichma-bosqich
erishadi, erishilgan natijani tahlil qiladi va o‘z o‘quv faoliyatiga ongli yondashish
orqali o‘quv motivlarini faollashtiradi. Mazkur tizimda sub’ekt-ob’ekt emas, balki
sub’ekt-sub’ekt munosabatlari vujudga keladi.
Kredit tizimida sinov birligi (kredit YeCTS - Yeuropean Credit Transfer
System) haqida tushuncha. YeCTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori
60 tani tashkil etadi. Bir o‘quv yili 2 semestrdan iborat
ekanligini hisobga olsak,
talaba o‘qishi davomida har semestr 30 kredit to‘plab borishi zarur.
Kredit-modul tizimi, bu — o‘qitish jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish
jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi
asosida baholash modeli hisoblanadi. Mazkur tizimni pedagogik jarayonga qo‘llash
o‘qitish jarayoni shakllari
: ma’ruza, laboratoriya, amaliy, seminar mashg‘ulotlarini
o‘quv maqsadlari asosida uyg‘unlashtirish, talabalarning o‘zlashtirgan bilim,
ko‘nikma, malaka, tayanch va o‘quv moduliga oid xususiy kompetensiyalarni nazorat
qilish va baholashda reyting tizimidan maqsadga muvofiq foydalanish
lozim. Ushbu
jarayonni professor-o‘qituvchilar yaxlit, uzviy va izchillikda tashkil etiladigan
serqirra hamda murakkab tizimli jarayon ekanligini tasavvur qilishi va loyihalashi
zarur. Xorijiy tajribaga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 2-4
tagacha moduldan iborat bo‘ladi. Modulda jamlangan o‘quv modulilar osondan
murakkablik sari, nazariy-uslubiy o‘quv modulilardan amaliy o‘quv modulilarga
qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o‘zaro uzviy to‘ldirish prinsipi asosida
65
shakllantiriladi. Modulga asoslangan modullarning silabusi
maxsus sxema asosida
ishlab chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
O‘quv modulining o‘quv maqsadi hamda vazifalari mutaxassisning kelgusidagi
pedagogik faoliyatda tutgan o‘rnini to‘liq yoritilishi;
O‘quv moduli silabusida talabaning o‘quv modulini boshlanishi va
yakunlashida egallanishi lozim bo‘ladigan malakasiga qo‘yiladigan talablar;
O‘quv moduli silabusida o‘quv kurslarini modulga ajratish, modul tarkibiga
kirgan har bir mavzuning qisqacha mazmuni, ya’ni ma’ruza mavzulari, seminar va
amaliy mashg‘ulotlarning rejasi, mustaqil ta’limni baholash uchun mo‘jallangan
o‘quv va test topshiriqlari;
O‘quv modulini o‘qitish jarayonida foydalaniladigan
texnologiyalarning
qisqacha bayoni, talabalar tomonidan bajariladigan o‘quv topshiriqlari, bilimlarni
baholashning turlari bo‘lishi lozim.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga o‘quv kurslari va professor-
o‘qituvchilarini tanlash imkoniyatining berilishi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
va innovatsion va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda
tashkil etishni taqoza etadi.
O‘quv modulini o‘qitish jarayonini kredit-modul tizimi talablari asosida tashkil
etish barobarida talabalarning bilim sifatini aniqlashni amalga oshirish uchun
professor-o‘qituvchi quyidagi ishlarni bosqichma-bosqich bajarishi lozim:
O‘zingiz o‘qitishga mutassadi bo‘lgan o‘quv modulining ishchi dasturida
keltirilgan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan bilim, O‘quv
modulining
malaka va kompetensiyalarga aniqlik kiritish va ularni talabalar tomonidan
o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun foydalanilayotgan nazorat topshiriqlarini tahlil
qilish;
O‘quv modulining ishchi dasturida keltirilgan talabalar tomonidan
egallanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga aniqlik
kiritish;
o‘rganilayotgan kurs mazmunini modullarga ajratish va modul davomida
talabalar tomonidan egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalarni aniqlash;
modul tarkibidagi har bir mavzu mazmunini tahlil qilish va talabalar
tomonidan egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma,
malaka va kompetensiyalarni
aniqlash;
mavzu mazmunini tahlil qilish va modul (reja)larga ajratish, mavzuning
har bir modulini talabalar tomonidan o‘zlashtirishi uchun o‘quv topshiriqlarini tuzish;
modul mazmuni bo‘yicha talabalar tomonidan bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalarni egallanganlik darajasini aniqlash uchun nazorat topshiriqlarini
tuzish;
66
O‘quv modulini o‘qitishda modulli yondoshuvni amalga oshirish quyidagi
didaktik maqsadlarga erishishga imkon beradi:
1.
O‘quv modulini kichik modullarga ajratish Blum taksonomiyasi
bo‘yicha identiv o‘quv maqsadlarning shakllantirish, ta’lim-tarbiya
jarayonidan
ko‘zlangan natijalarga bosqichma-bosqich erishish;
2.
Blum taksonomiyasi bo‘yicha belgilangan o‘quv maqsadlariga erishish
uchun modulni o‘rganishda foydalaniladigan innovatsion va axborot texnologiyalarni
aniqlash;
3.
Modul mazmuniga bog‘liq holda taqdimot va nazorat topshiriqlarini
maqsadga muvofiq tayyorlash;
4.
Moduldan o‘rin olgan mavzular o‘rganiladigan mashg‘ulotlarni
innovatsion va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda
loyihalash;
5.
Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarda talabalar tomonidan
bajariladigan o‘quv va nazorat topshiriqlaridan foydalanib kurs silabusi, o‘quv-
metodik majmua, metodik va didaktik ta’minotini talab darajasida ishlab chiqish va
amaliyotga joriy etish.
Mazkur o‘quv modulini o‘qitishda talabalarning kasbiy
tayyorgarlik sifatini
aniqlash bosqichlarini quyidagicha tasavvur qilish mumkin.