69
o‘quv faoliyatini tahlil qilish va korreksiyalash yo‘l xaritasini tuzish va amalga
oshirish yo‘llarini belgilash;
O‘qituvchi auditoriyadan tashqari tashkil etiladigan o‘qitish shakllari tizim
hosil qilishi va bir-birini to‘ldirishi va taqoza etishni nazarda tutgan holda o‘zining
pedagogik faoliyati, unga uzviy bog‘liq holda talabalarning esa o‘quv-bilish
faoliyatini loyihalashtiradi va tashkil etadi.
Yuqorida
qayd etilganidek, o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyatini tashkil
etishda dastlab:
oliy ta’lim muassasasi oldidagi vazifalar;
o‘qitiladigan o‘quv modulining mutaxassisni tayyorlashdagi o‘rni;
ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘yiladigan zamonaviy yondashuvlardan
kelib chiqadigan talablar;
o‘quv modulii bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘qitish shakllarini tashkil etishga
qo‘yiladigan talablarni uzviy ravishda tasavvur etishi zarur.
Talabaning mustaqil ta’lim yuklamasi o‘quv rejasida muayyan o‘quv modulini
o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
Talabaning mustaqil ta’limi auditoriya va auditoriyadan tashqarida (o‘quv
yuklamasida ajratilgan auditoriya soatini inobatga olmagan holda) bevosita
o‘qituvchi rahbarligida mustaqil ish yoki talabaning o‘quv moduli (modul) bo‘yicha
mavzularni mustaqil o‘qib-o‘rganishi tarzida amalga oshiradigan o‘quv ishlari
majmuini anglatadi.
Mustaqil ta’lim — o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish,
murakkablik
darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriya hamda
auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat.
Mustaqil ish-
o‘qituvchining topshirig‘i va rahbarligida o‘quv vazifasini hal etadigan ta’limning
faol metodi. Mustaqil ish qo‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarning aniq
faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabaning mustaqil ishlari uning
yuqori darajadagi faollik, ijodiylik,
mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka hamda barcha
vazifalarni o‘z vaqtida va mukammal tarzda bajarishga asoslangan faoliyatidir.
Mustaqil ta’lim talabalar tomonidan u yoki bu fan bo‘yicha darslik yoki dastur
materiallaridan bir qismini, kredit-modul tizimida esa o‘quv materialini mustaqil
o‘zlashtirilishidir.