97
Javob:V, S, E, F.________
14. Tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozing.
1) Arterial qon bosimining normaga nisbatan ortishi
_____________________deyiladi.
2) Arterial qon bosimining normaga nisbatan pasayishi
____________________deyiladi.
14. Tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozing. (Javobi)
1) Arterial qon bosimining normaga nisbatan ortishi
gipertoniya
deyiladi.
2) Arterial qon bosimining normaga nisbatan pasayishi
gipotoniya
deyiladi.
TALABALARNING
BILIMLARNI SINTEZLASH
O‘QUV MAQSADIGA
ERISHILGANLIK DARAJASINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHDA
FOYDALANILADIGAN NOSTANDART TEST TOPSHIRIQLARI
O‘quv maqsadlari ichida bilimlarni sintezlash muhim o‘rin tutadi. Sintezlash o‘quv
maqsadining asosiy mohiyati talabalar tomonidan kurs yoki mavzu mazmunidagi asosiy g‘oyalarni
mujassamlashtirish, jarayon va ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratish,
yoki umumlashtirish, rekonstruksiya qilish sanaladi. Talabalar tomonidan amalga oshirilishi kerak
bo‘lgan mazkur aqliy operatsiyalarni standart o‘quv va test topshiriqlari vositasida nazorat qilish va
baholash imkoniyati mavjud emas. Shu sababli quyida berilayotgan ko‘p javobli nostandart
testlardan foydalanish tavsiya etiladi.