|
Kredit-modul tizimida ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar Pdf ko'rish
|
bet | 405/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTON
Kredit-modul tizimida ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar
mashg‘ulotlarida
talabalarning
bilimi,
ko‘nikmasi,
malakasi
va
kompetensiyalarini nazorat qilish va baholash didaktik funksiyalari.
Professor-o‘qituvchi dastlab oliy ta’lim muassasasi oldidagi davlat va ijtimoiy
buyurtma, o‘qitiladigan kursning bo‘lajak kadrlarni tayyorlashdagi o‘rnini e’tiborga
olgan holda ta’lim mazmunini namunaviy va ishchi dastur orqali tahlil qiladi,
auditoriya va auditoriyadan tashqari tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarini yaxlit
holda rejalashtiradi.
Auditoriyada tashkil etiladigan o‘qitish shakllari jumlasiga ma’ruza (kirish
ma’ruzasi, muammoli ma’ruza, umumlashtiruvchi ma’ruza), laboratoriya, amaliy,
seminar mashg‘ulotlari kiradi.
Talabaning o‘quv moduli bo‘yicha to‘playdigan kredit birligining asosiy qismi
ma’ruza (kirish ma’ruzasi, muammoli ma’ruza, umumlashtiruvchi ma’ruza),
laboratoriya, amaliy, seminar mashg‘ulotlarida bajariladigan o‘quv va test
topshiriqlari vositasida to‘planadi.
Shu sababli, professor-o‘qituvchi ma’ruza, laboratoriya, amaliy, seminar
mashg‘ulotlarining mazmunan uzviyligi va bir-birini to‘ldirishi va taqoza etishini
e’tiborga olgan holda o‘quv moduli bo‘yicha to‘playdigan kredit birligi o‘quv va test
topshiriqlari majmuasini HEMIS axborot tizimidagi o‘quv topshirig‘i blokiga
joylashi zarur. Shuni qayd etish kerakki, mazkur topshiriqlar B.Blum o‘quv
taksonomiyasi talablariga asosan shakllantirilishi va joriy, oraliq va yakuniy nazorat
topshiriqlari majmuasida takrorlanmasligi lozim.
Auditoriyada tashkil etiladigan
o‘qitish shakllari
Ma’ruza
Laboratoriya
mashg‘uloti
Amaliy
mashg‘ulot
Seminar
mashg‘uloti
55
Ma’ruza, laboratoriya, amaliy, seminar mashg‘ulotlari yakunida erishish lozim
bo‘lgan quyidagi jadvalga mos identiv o‘quv maqsadlari shakllantirilishi lozim.
|
| |