37
tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi kursni o‘rganishga
kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin.
Talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, malaka va kasbiy
kompetensiyalarni nazorat qilish va baholashning ikkinchi
bosqichi har bir modul
yoki mavzularni o‘zlashtirish jarayonidagi ma’lum bir muddatga rejalashtirilgan joriy
baholashdir. Joriy baholash talabalar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan ayrim
elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur
baholashning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni o‘rganishdir.
Bunday baholashning shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali
mazmuni, murakkabligi, talabalarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim
bosqichi va
maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi.
Oraliq baholash bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi
murakkab bosqichi sanalib, talabalarning o‘quv materialini muayyan modul
tarkibidagi bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari
darajasini aniqlash, baholash shaklidir. Oraliq baholash og‘zaki yoki yozma shaklda
o‘tkazilishi mumkin. Uni o‘qituvchi maxsus belgilangan reja asosida oyida, har ikki
oyda o‘tkazadi. Yangi mavzuni o‘rganish bilan birga talabalar avval o‘zlashtirilgan
bilim, ko‘nikma, malaka va kasbiy kompetensiyalarni
yangi va kutilmagan
vaziyatlarda qo‘llash imkoniyati vujudga keladi. Oraliq baholash bilimlarni
mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq o‘quv ishlari bosqichini tavsiflash,
bilimlarning mustahkamlik darajasini tashxislash imkonini bermaydi. Tashxisning
boshqa shakl va metodlari bilan birga qo‘llanilsagina ushbu tekshirish kutilgan
samarani beradi.
Tizimning to‘rtinchi bosqichi –talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma,
malaka va kasbiy kompetensiyalarni yaxlit bo‘lim yoki modulning alohida mavzusi
bo‘yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – modul
tarkibida o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalarni o‘zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi –
talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka va kasbiy kompetensiyalarni
mustahkamlash, ularni tizimlashtirish va umumlashtirish sanaladi.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bosqich talabalarning ta’lim jarayonining
barcha bosqichlarida egallangan talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka
va kasbiy kompetensiyalarni yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning
yakuniy hisobi har bir semestr va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. Mazkur jarayonda
talabalar tomonidan to‘plangan ballarni jamlanadi. Bu, avvalo, mazkur bosqichda
belgilangan didaktik maqsadga muvofiq tarzda belgilangan bilim, ko‘nikma, malaka
va kasbiy kompetensiyalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini aniqlash
sanaladi.
Talabaning o‘zlashtirish darajasini baholash uchun
nazorat yakunlari asos
bo‘ladi. Bunda talabalar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga
olinadi. Miqdor ko‘rsatkichlari ko‘proq ballar yoki foizlarda. sifat ko‘rsatkichlari esa
a’lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida elektron jurnalga qayd
etiladi. Baho o‘lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki
baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik muhim. Baholovchi son
38
sifatida qo‘llashga berilib ketishning oldini olish uchun
bir qator mamlakatlarda
baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega.
Ma’lumki, baholash funksiyasi ta’lim darajasini qayd etish bilangina
cheklanmaydi. Baho – talabalarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga
nisbatan ijodiy yondoshishini rag‘batlantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish vositasi.
Aynan xolisona baholash ta’sirida talabalarda adekvat o‘z-o‘zini baholash, shaxsiy
muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiyati,
vazifalarining xilma-xilligi talabalar o‘quv faoliyatining barcha jihatlarini aks
ettiradigan va ularni aniqlashni ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni izlab topishni taqozo
etadi.
Bahoni
amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan davlat ta’lim
standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar umumiy
hajmi o‘rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy
mazmuni kelib chiqadi. Ta’lim samaradorligini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi BA/T yuz
foiz nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi;
T – o‘zlashtirish nazarda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning to‘liq
hajmi.
Hisobga olish ta’limning muayyan davrida talabalar va o‘qituvchi faoliyatini
umumlashtirish, xulosalash demakdir.
Nazorat qilishning asosiy vazifasi talabalarning bilim, ko‘nikma
va malakalari
darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning
keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi va o‘qituvchining o‘quv
metod hamda usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi
o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir.
Talabalarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni
qaratish lozim:
o‘quv dasturi asosida mavzu va bulimni o‘rganishda talabalarning bilim,
ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
Nazorat qilish va hisobga olish
O‘qitish
Nazorat
Tarbiyalash
Rivojlantirish