36
Talabalarning kasbiy tayyorgarlik sifatini aniqlashda ularga nisbatan
nazoratning ob’ektiv bo‘lishiga erishish didaktik tizimning asosini tashkil etadi.
Didaktik nazorat ta’limning o‘ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta’lim
beruvchi, rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lishi o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan
birlashishi, eng avvalo, talabaning o‘zi uchun zarur va foydali bo‘lishi lozim.
O‘zlashtirish monitoringi tizimida baho rag‘batlantirish vositasi sifatida bir
qator afzalliklarga ega. Birinchidan, baholovchi ballar qo‘llanishi mumkin bo‘lgan
tashxislash natijalari shaxsning yetuklik darajasini belgilashga ko‘maklashadi, bu esa
raqobatni
shuningdek, sifatli ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi.
Ta’limning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o‘talabalarning mustaqil
ishlarishda talabalar uchun majburiy bo‘lgan ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy
reytingga, ya’ni shaxsning jamiyatdagi mavqeini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida nazorat va baholash mazkur jarayonning muhim
tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va
xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va baholashni to‘g‘ri
tashkil etsa, ta’lim
jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi talabaning o‘quv
materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab berish imkonini beradigan didaktik
ta’minotni ishlab chiqishi lozim.
Nazorat talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash
va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash tekshirish deb ham ataladi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi
o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv
materialini o‘zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va
nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning
maqsadi nafaqat
talabaning bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o‘quv mehnati hajmini ham
aniqlashdan iborat.
Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich talabalarning bilim darajasini oldindan
aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida talabalar tomonidan avvalgi o‘quv
yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Bu kabi