talabning yagonaligi
ta’minlanadi.
7.
Nazorat va baholash oldindan belgilangan tasniflar tizimi asosida o‘quv
jarayonining barcha bosqichlarida ma’lum
maqsadga yo‘naltirilgan
holda tashkil
etiladi.
Oliy ta’lim tizimida o‘qitish samaradorligi talaba bilim va malakasini nazorat
va baholash qilishning nafaqat usul va shakllarning xilma-xilligiga, balki nazorat va
baholashning mazmuniga ham bog‘liq. O‘quv materialini o‘zlashtirish jarayonida
o‘qituvchi berayotgan ilmiy axborotlar hajmi o‘quv dasturi tomonidan belgilangan
talab darajasidan yuqori bo‘lishi kerak. Bunday qo‘shimcha ma’lumotlar
o‘rganiladigan o‘quv materialini o‘quv moduli yangiliklari, mustaqil hayot va kasbiy
faoliyatdagi muammoli vaziyatlar, ishlab chiqarish tarmoqlaridagi yangiliklar bilan
boyitish uchun zarur. Bunday ma’lumotlar talabalarning kasbiga va o‘quv moduliga
bo‘lgan qiziqishini orttiradi. Lekin talabalar bilimi nazorat va baholashi qat’iy
belgilangan standart asosida o‘tkaziladi.
Nazorat va baholash jarayonida talaba tomonidan aqliy operatsiyalarni
bajarishi, ayniqsa, tahliliy-tanqidiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Kasbiy ob’ektlar,
jarayonlar, hodisalarga tasnif va ta’rif berish, ularni o‘zaro taqqoslash umumiy
xulosalar chiqarish kabi topshiriqlar talabadan murakkab fikrlash faoliyatini va
malakani talab etadi. Nazorat va baholashda xuddi shunday topshiriqlar bo‘lishi
kerak. O‘quv modulining o‘rganish ob’ektiga bog‘liq holda ob’ektlar va
to‘plamlarning tuzilishi va funksiyalaridagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash,
ob’ektlarda sodir bo‘ladigan jarayonlar, tushunchalarni o‘zaro taqqoslash va bir-biri
bilan bog‘lash, xulosa chiqarish kabi savol va topshiriqlar talabaning bilim sifati va
malaka darajasini aniqlashda hamda ularning kasbiy tayyorgarligini yuqoriga
ko‘tarishda katta ahamiyatga ega.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talabalar amaliy ko‘nikma, mahorat va
malakalarga, masalan, darslik bilan mustaqil ishlash, vaqtinchalik loyihalar
tayyorlash, tabiatda kuzatishlar olib borish, ob’ektlarni aniqlash, oddiy tajribalar
o‘tkazish kabi malakalarga yetarli darajada ega emaslar. O‘qituvchi ta’lim jarayonida
talabalarda amaliy malakalarning shakllanishiga: kasbiy hodisa va jarayonlarning
mohiyatini tushunib yetish uchun tajribalar o‘tkazish, ob’ektlar ustida kuzatishlar olib
borish, tabiatdagi mavsumiy va jarayonlardagi tizimli o‘zgarishlarni kuzatish, bu
kuzatishlar asosida ob’ektlarni ishlash va yangi muhitga moslanishlarini aniqlash,
kasbiy xilma –xillikni anglash kabilarga e’tibor qaratmog‘i shart. Bu esa oliy ta’lim
mazmunini kuchaytiradi va talabani ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlarini anglashga
o‘rgatadi. Ma’lumki, mashg‘ulotlarda tasviriy, tabiiy, verbal ko‘rgazma vositalari va
ob’ektlardan foydalanish talabalarning yangi materialning mohiyatini tushunib
yetishiga yordam beradi. Nazorat va baholash ishlarida ob’ektlar bilan bog‘liq masala
va mashqlar berilishi, masalan, ob’ekt tuzilishining o‘ziga xos tomonlarini aniqlash,
kasbiy muhitga moslanish belgilarini aniqlash, ob’ektning xarakteristikasini tuzish,
ob’ekt tuzilish va funksiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash maqsadiga
yo‘naltirilgan topshiriqlarning bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorlik va sifat ko‘rsatkichini aniqlashda
talabalar tomonidan bilim, ko‘nikma, malaka va o‘quv moduliga doir xususiy
32
kompetensiyalarni o‘zlashtirilish darajasini nazorat va baholash qilish va baholash
muhim ahamiyat kasb etadi. Nazorat va baholashni maqsadga muvofiq tashkil etish
o‘qituvchi tomonidan nazorat va baholash turlari va ularning didaktik maqsadlarini
aniq tasavvur etishni talab qiladi. Professor-o‘qituvchi talabalarning DTS bo‘yicha
me’yorlangan bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va o‘quv moduliga doir xususiy
kompetensiyalarni o‘zlashtirilish darajasini nazorat va baholash qilish va baholash
jarayonida nostandart o‘quv va test topshiriqlaridan foydalanishi zarur. Test nazorat
va baholashining boshqa an’anaviy nazorat va baholashlardan afzalligi shundaki, bu
nazorat va baholash mashg‘ulot uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish, katta
hajmdagi mazmunni qamrab olish, ularning o‘quv materialini o‘zlashtirish natijalarini
ham tez aniqlash imkonini beradi. Test nazorat va baholash qisqa vaqt ichida barcha
talabalarning bilim darajasini aniqlashni ta’minlash bilan birga talabalarning har bir
mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish xususiyatini shakllantiradi. Modullarni o‘qitishda
talabalarning bilim olishga qiziqishlarini orttirish, mustaqil va mantiqiy fikrlashga
o‘rgatish uchun test topshiriqlari mazmun va shakl jihatdan ham xilma-xil bo‘lishi
zarur. Bu esa bir tomondan talabalarning bir xillikdan zerikib qolishining oldini olsa,
ikkinchi tomondan esa talabalarda ijodiy faoliyatni shakllantiradi. Test-shaxsning
aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, egallagan bilim, ko‘nikma
va malakalarini aniqlash va Nazorat va baholash qilishda qo‘llaniladigan standart
topshiriq turi sanaladi. Test – standartlashtirilgan nazorat va baholash topshiriqlari
turi bo‘lib, u kerakli statistik xususiyatlarga ega bo‘lgan, konseptual tanlangan
o‘zgaruvchan o‘lchovning ishonchli hamda validli bahosini ta’minlab beradi. Ijtimoiy
amaliyotda testlar insonning qanday kasb-hunar egallashi mumkinligi, uning kasbga
layokati yoki layoqatsizligini, iste’dodli yoki aqliy zaifligini aniqlashda, muayyan
hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qo‘llaniladi. Hozirgi davrda
testlar quyidagi turlarga ajratiladi:
maqsadga erishish testlari (bilimlarni o‘lchashga qaratilgan);
aqliy testlar (zehn, akl-idroq, aql-zakovat, iste’dodni aniqlashga yo‘naltirilgan);
ijodiy testlari (ijodkorlik darajalarini tekshiruvchi);
mezonli-mo‘ljal olish testlari (o‘quv yoki kasbiy bilimlar va topshiriklarni
qaysi ko‘nikma, malaka, xatti-harakat tizimi orqali o‘lchash mumkinligi);
shaxsga oid testlar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni
o‘lchashga aloqador);
psixologik testlar (tashqi ta’sirsiz shaxs o‘zini o‘zi oshkor qilishiga
mo‘ljallangan) va boshqalar.
Testlar turli xususiyatlariga ko‘ra klassifikatsiyalanadi:
1. Shakliga ko‘ra - ochiq testlar, yopiq testlar.
2. Yaratilish tartibiga ko‘ra - standart, nostandart testlar.
3. Murakkablik darajasiga ko‘ra - reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli,
ijodiy (kreativ) testlar.
4. Maqsadiga ko‘ra - axborot beruvchi (informatsion), diagnostik, ta’limiy,
motivatsion, attestatsion.
5. O‘tkazilish texnologiyasiga ko‘ra - bosma, dasturlashtirilgan testlar.
33
Standart test topshiriqlari 1 ta to‘g‘ri javobli, 3 ta muqobil javoblarga ega
bo‘lgan yopiq turdagi topshiriqlardan iborat. Har bir savol ma’lum bir miqdordagi
ball bilan baholanadi. Standart test natijasi to‘g‘ri javob berilgan savollar soniga
bog‘liq.
Topshiriq shakliga ko‘ra testlar ikki guruhga ajratiladi:
1) yopiq testlar - berilgan muqobil javoblardan bitta to‘g‘ri javob tanlanadigan
test topshiriqlari;
2) ochiq testlar- to‘g‘ri javobni shaklllantirish talab etiladigan ochiq test
topshiriqlari;
Yopiq tipdagi test topshiriqlari quyidagi shakllari mavjud:
1) yagona javobli test topshirig‘i– bir necha muqobil javoblar orasidan bitta
to‘g‘ri javobni topishni talab etadi;
2) ko‘p javobli test topshirig‘i – bir necha muqobil javoblar orasidan bir necha
to‘g‘ri javobni topishni talab etadi;
3) alternativ javobli test topshirig‘i – berilgan savolga «ha» yoki «yo‘q»
javobini berishni talab etadi;
4) Muvofiqlikni aniqlashga doir test topshirig‘i – tanlangan ikki yoki bir nechta
ob’ekt o‘rtasida muvofiqlikni aniqlashni talab etadi;
5) Ketma-ketlikni aniqlashga doir doir test topshirig‘i – kasbiy ob’ekt, jarayon
yoki hodisalarning ketma-ketligini aniqlashni talab etadi. O‘qitishda talabalar
tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashda turli
nazorat va baholash vositalaridan foydalaniladi. Mazkur nazorat va baholash
vositalaridan biri bo‘lgan nostandart test topshiriqlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga
tatbiq etilishi har bir talabaning belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallaganlik darajasini aniqlash imkonini beradi. Talabalarning ijodiy va mustaqil
fikr yuritishni ko‘nikmalarini rivojlantirishda kasbiy va mutaxassislik o‘quv
modullarini o‘qitishda nostandart test topshiriqlaridan foydalanish muhim
ahamiyatga ega. O‘qitishda nostandart test topshiriqlaridan foydalanish talabalarning
kasbiy tayyorgarlik darajasini orttiradi, ilmiy dunyoqarashini kengaytiradi,
talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlaydi,
talabalarning tafakkuri, mustaqil va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi, amaliy
muammolarni hal etishga o‘rgatadi, mantiqiy fikr yuritishga yo‘llaydi, talabalarning
aqliy faoliyatini rivojlantirishga zamin yaratadi. Nostandart testlar o‘zining mazmuni,
tuzilishi va qo‘llanish maqsadiga ko‘ra muayyan darajada farq qiladi. Mazkur test
topshiriqlari talabalarning o‘zlashtirgan nafaqat bilimlarini, balki ob’ekt va uning
qismlarini tanish, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash ko‘nikmalarini nazorat va
baholash qilish va baholash jarayonini haqqoniy va odilona amalga oshirish imkonini
beradi.
Nostandart testlar quyidagi turlarga ajratiladi:
1.
Integrativ testlar;
2.
Adaptiv (moslashtirilgan) testlar;
3.
Mezonli-mo‘ljal olish testlari;
Integrativ testlar integral mazmun, shakl, qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib
boruvchi, ta’lim muassasasining bitiruvchisining tayyorgarlik darajasi haqida
umumlashgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan test topshiriqlari sanaladi.
34
Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, talabalarga nisbatan individual yondoshish
imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni
bajarish natijasida talabaning egallashi mumkin bo‘lgan bali va test natijalarini
umumlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi.
Adaptiv testlarning asosiy guruhini piramidali adaptiv testlar tashkil etib,
qo‘llanish maqsadiga ko‘ra: o‘rtacha og‘irlikdagi, talabaning tanlashiga ko‘ra aralash,
murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan qisman-izlanishli, kreativ topshiriqlardan iborat
bo‘ladi.
Adaptiv testlar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning modul-kredit
paradigmasida muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin. Buning uchun pedagog bitta
mavzu, bob, bo‘lim, kurs mazmuni bo‘yicha turli qiyinchilik darajadagi bir necha
variantli test topshiriqlarini tuzish va amalda qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi lozim.
Mezonli-mo‘ljal olish testlari talabalarning umumiy tayyorgarlik darajasi,
mazkur kursning o‘qitilish sifati, pedagogning pedagogik mahorati, ta’lim-tarbiya
jarayoni samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bunda testlar murakkablik
darajasi turlicha bo‘lgan: reproduktiv (oson), produktiv (o‘rtacha qiyin) qisman-
izlanishli (qiyin), kreativ (ijodiy) topshiriqlardan iborat bo‘ladi va ularning baholash
mezoni turlicha bo‘ladi. Talabalarning mezonli-mo‘ljal olish testlaridan to‘plagan
ballari asosida ranjer tuzilib, shunga ko‘ra mo‘ljal olinadi.
Mazkur test topshiriqlarini tuzish uchun avvalo o‘quv kursi mazmuni DTS
asosida tahlil etiladi, bilim, ko‘nikma va malakalar aniqlanadi, ularni aniqlash uchun
topshiriqlar majmuasi tuziladi, mazkur topshiriqlar test topshiriqlariga aylantiriladi va
sinov o‘tkaziladi, pirovar natijada talabalarning shu kursni o‘zlashtirish darajasi
yuzasidan xulosa tayyorlanadi.
Mezonli-mo‘ljal olish test sinovlari orqali talabalarning bilimlaridagi
bo‘shliqlar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan nostandart test topshiriqlarini ta’lim-tarbiya jarayonida
maqsadga muvofiq foydalanish jarayoni talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma
va malakalarini haqqoniy va odilona nazorat qilish va baholash imkonini beradi.
Ta’lim sifatini ta’minlashda talabalar bilimini baholash metodikasidan
foydalanish muammolari quyidagilardan iborat:
Ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini tadqiq etishning metodologik va dasturiy
ta’minotini yaratish;
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash metodlari vositasida
talabalarning ta’lim muassasalarida o‘quv modullar bo‘yicha DTS bilan
me’yorlangan talablar asosida bilim, ko‘nikma, malakalar va kompetensiyalarni
egallaganlik darajasini diagnostika qilish sohasida fundamental tadqiqotlar o‘tkazish;
Oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayoni shuningdek, ta’lim sifatini
ta’minlashda talabalar bilimini baholash metodikasi monitoringini o‘tkazish dasturini
ishlab chiqish va amaliyotga qo‘llash;
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan modullar bo‘yicha Ta’lim sifatini
ta’minlashda talabalar bilimini baholash metodikasining didaktik va texnologik
ta’minotini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
35
Talabalarning kasbiy tayyorgarlik sifatini aniqlash jarayonida ularning o‘z-
o‘zini nazorat qilishini amalda qo‘llash, ya’ni Ispring yoki My test dasturi vositasida
o‘quv modulilar bo‘yicha nostandart adaptiv test topshiriqlarini tuzish va amaliyotga
joriy etish.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonida talabalar bilimini baholash
metodlaridan foydalanish ta’lim samaradorligini aniqlash, mavjud kamchiliklarga
barham berishga zamin tayyorlaydi.
|