23
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan
muammoning murakkabligi
ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan
muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa
olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan
ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» metodi qo‘llanilganda
ta’lim oluvchilar
mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil
qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadilar. Quyida “Muammoli vaziyat”
metodining tuzilmasi keltirilgan.
“Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi
“Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1.
Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha
muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va
vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi.
2.
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni
topshiriqning maqsad, vazifalari va
shartlari bilan tanishtiradi.
3.
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
4.
Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar.
Muammoning
kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha
taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
5.
Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida
fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
6.
Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini
muhokama qiladilar, ularni
tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.