Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

“Bahs-munozara” metodi
-biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan 
o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodidir. 
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida 
muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo‘llaniladi. Bahs-
munozarani boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilarning biriga topshirishi yoki 
ta’lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda olib 
borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. 
Ushbu metod olib borilayotganda ta’lim oluvchilar orasida paydo bo‘ladigan 
nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.
“Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish 
kerak: 

barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish; 

“o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruhsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga 
rioya qilish; 

fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati; 

bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi; 

bir-birlariga o‘zaro hurmat. 
Quyida “Bahs-munozara” metodini o‘tkazish tuzilmasi berilgan. 


22 
 
“Bahs-munozara” metodining tuzilmasi 
“Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 
1.
Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar 
ishlab chiqadi.
2.
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va 
ularni munozaraga taklif etadi.
3.
Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni turli g‘oya 
va fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun ta’lim oluvchilardan birini 
kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o‘z fikrlarini 
erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.
4.
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va 
g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.
5.
Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.

Download 26,13 Mb.
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish