• Shakllantirilayotgan kompetensiyalar: – kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy. Amalga oshirish usuli
  • Uy vazifasini so‘rash va baholash. O`tilgan mavzuni mustahkamlash Yangi mavzu bayoni 1-topshiriq.
  • 2-topshiriq.
  • Mustaqil ish. “Dam olish kunida”
  • Ning 5- sinf uchun “ Dars ishlanmasi




    Download 1,99 Mb.
    Sana22.05.2024
    Hajmi1,99 Mb.
    #250209
    Bog'liq
    5-sinf O`zbek tili Dam olish kunida



    ________ viloyati _________ tuman
    maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi tasarrufidagi __ - umumiy o`rta ta’lim maktabining O`zbek tili (Davlat tili) fani o`qituvchisi _____________________ning
    5- sinf uchun “
    Dars ishlanmasi
    Dam olish kunida” mavzusida tayyorlagan ochiq


    Dars mavzusi:Dam olish kunida.
    a) Ta’limiy maqsad: Yangi mavzular yuzasidan tushuncha berish.
    b) Tarbiyaviy maqsad:
    - O`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
    c) Rivojlantiruvchi maqsad:
    - O’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish. Mustaqqil amaliy ishlarni bajara olishini rivojlantirish: Mavzuni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak.
    Bilimlar: Mavzuni o’quvchilar tomonidan qisqa vaqt ichida o’zlashtirishga erishish, o’quvchilarga fanga qiziqish uyg’otish, o’quvchilar faolligini oshirish,yakka tartibda mustaqi lishlashga o’rgatish.
    Ko‘nikmalar: Yangi bilimlarni egallaydilar, mustaqil ishlashni, o’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi, mavzugai oid yangiliklardan xabardor bo’ladi. Aniq va erkin fikr bildirishga intiladi.
    Malakalar: Qo’yilgan muammolar bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. Shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar to’playdi, ularni o’rganadi. Mavzu yuzasidan mustaqil ish bajaradi.
    Shakllantirilayotgan kompetensiyalar:
    – kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy.
    Amalga oshirish usuli:
    – guruhlarda va juftliklarda ishlash
    III.Darsning uslubi: Noan’anaviy, “Qadamlar” metodi, “Kim javob beradi?”, “Chalkashtiruvchi” va “BBB” metodlari.
    IV.Darsning jihozi: darsliklar, noutbook, plakatlar, tarqatma materiallar, kartochkalar, testlar, texnika vositasi .

    1. Dars rejasi:


    1) Tashkiliy qism
    a) salomlashish, davomatni aniqlash va sinf xonasi tozaligini nazorat qilish;
    2) Asosiy qism
    a) yangi darsning bayoni;
    b) amaliy ish;
    3) Xulosa
    a) faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholash;
    b) uyga vazifa

    1.Tashkiliy qism 5 daqiqa
    2.O`tilgan mavzuni takrorlash 10 daqiqa
    3.Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa
    4.Yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
    5.Uyga vazifa. 5 daqiqa

    Tashkiliy qism


    1. Salomlashish

    2. Davomotni aniqlash

    3. Navbatchi ishini tekshirish

    4. Siyosiy daqiqa




    1. Dars shiori: Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur.

    (O‘zbek xalq maqoli)

    1. Kun hikmati: Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir, Ilm dunyoning lazzatidir.

    Abdulla Avloniy
    Uy vazifasini so‘rash va baholash.
    O`tilgan mavzuni mustahkamlash


    Yangi mavzu bayoni
    1-topshiriq. O‘qing. So‘zlang. Barcha kelishiklar ishtirok etgan so‘zlarni topib ko‘chiring.
    BOTANIKA BOG‘I
    Toshkentda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Botanika bog‘i bor. Bu yerda xilma-xil o‘simliklar, gullar, butalar va daraxtlar o‘sadi. Ayniqsa, bahorda bog‘ning manzarasi juda chiroyli bo‘ladi. Bog‘da har xil gullar ochiladi. Mevali va manzarali daraxtlar gullaydi. Bog‘da Xitoy, Hindiston, Shimoliy Amerika, Kavkaz, Rossiya va Markaziy Osiyoda o‘sadigan olti ming navdan ortiq o‘simliklar bor. Bu yerda olimlar yovvoyi, dorivor hamda manzarali o‘simliklarni madaniylashtirish sohasida ko‘plab ishlar qilishmoqda. Bog‘ va uning xodimlari haqida O‘zbekiston televideniyasining „Dunyo bo‘ylab“ kanalida qiziqarli ko‘rsatuvlar berib boriladi.
    1-mashq. „Botanika bog‘i“ matnidan foydalanib, gaplarni kengaytiring.
    1. Toshkentda Botanika bog‘i bor. 2. Bu yerda xilma-xil o‘simliklar o‘sadi. 3. Bahorda chiroyli bo‘ladi. 4. Bog‘da har xil gullar gullaydi. 5. Bog‘da olti mingdan ortiq o‘simliklar bor. 6. Bu yerda olimlar ko‘plab ishlar qilmoqdalar
    2-topshiriq. „Botanika bog‘i“ matnidan olgan ma’lumotingizni jadvalga joylashtiring.


    3-topshiriq. O‘qing. Tinglang. Savol larga javob yozing.
    DAM OLISH KUNIDA

    O‘tgan yakshanba kuni
    Men, opam, oyim, dadam
    Hayvonot bog‘iga borib,
    Hordiq oldik chinakam.

    Ko‘rdik filni, burgutni,
    Maymunlarni ko‘rdik biz.
    Tuyakash yetagida
    Tuya minib yurdik biz.

    Arslon-u bo‘rilar
    Qarab-qarab qo‘yishdi.
    Tog‘ takalar: „Barg ber“, deb
    Ma’rab-ma’rab qo‘yishdi.



    Xuddi sirkdagi kabi
    Ayiqvoy chaldi chapak.
    Tumshug‘in taqillatib:
    – Qalaysan? – dedi laylak.

    Kezib hayvonot bog‘in
    Zavq-shavq oldik bir olam.
    Uyga qaytdik kechqurun
    Men, opam, oyim, dadam.

    Abdurahmon Akbar



    Mustaqil ish.
    Dam olish kunida” she’rida tasvirlangan hayvonlar nomini alifbo tartibida yozing.


    4-topshiriq. Ta’til vaqtida bajarmoqchi bo‘lgan ishlaringiz rejasini tuzing.


    Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag’batlantiriladi va baholandi.
    Uyga vazifa: “Dam olish kunida” she’rini yodlang.
    Download 1,99 Mb.




    Download 1,99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ning 5- sinf uchun “ Dars ishlanmasi

    Download 1,99 Mb.