Korxona resurslarini rejalashtirish (ERP). Mijozlar bilan o‘zaro




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet473/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

1.3. Korxona resurslarini rejalashtirish (ERP). Mijozlar bilan o‘zaro 
munosabatlarni boshqarish (CRM). Biznes samaradorligini boshqarish (BPM). 
Enterprise Resource Planning System (ERP) — Korxona resurslarini 
rejalashtirish tizimi —korxonaning ichki va tashqi resurslarini 
(yetarli fizik aktivlar, moliyaviy, material-texnik va inson 
resurslari) boshqarish uchun integrallashgan tizim.
ERP tizimining maqsadi korxona ichidagi barcha xо‘jalik 
bо‘linmalar (biznes-funksiyalar) orasida axborot oqimiga ta’sir 
etish va boshqa korxonalarni qо‘llab-quvvatlash xisoblanadi. 
Qoidaga kо‘ra markazlashgan ma’lumotlar bazasida qurilgan
ERP tizimi korxonaning standartlashtirilgan yagona axborot makonini 
shakllantiradi. 
ERP tizimi asosida barcha korporativ biznes ma’lumotlarni о‘z ichiga oluvchi 
va korxonaning istalgan zarur xodimlar sonining ularga mos ravishda berilgan 
xuquqlari bilan bir vaqtda murojatini ta’minlovchi ma’lumotlarning yagona 
omborini yaratish prinsipi yotadi. 
ERP-tizimi quyidagi funksiyalar tо‘plamini о‘z ichiga oladi: 

ishlab chiqariluvchi buyumlarning tarkibini xamda ularni ishlab chiqarish 
uchun zarur bо‘lgan jarayonlar va material resurslarni aniqlovchi konstruktorlik va 
texnologik spetsifikatsiyalarni olib borish;


32 

ishlab chiqarish va savdo rejalarini shakllantirish; 

maxsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun yetkazib berish muddati va 
xajmini, materiallar va extiyot qismlarga extiyojni rejalashtirish;

zaxira va sotib olishni boshqarish: shartnomalarni yuritish, sotib olishni 
markazlashtirilgan amalga oshirish, sex va omborxona zaxiralarini optimallashtirish 
va qayd etishni ta’minlash; 

ishlab chiqarish quvvatini yiriklashtirilgan rejalashtirishdan, to aloxida 
stanoklar va uskunalarni ishlatilishigacha rejalashtirish; 

moliyaviy va boshqaruv qaydlari, moliyaviy rejani tuzish va uni bajarilishi 
nazoratini amalga oshirishni kiritgan xolda moliyani tezkor boshqarish; 

loyixalarni, ularni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan resurslar va 
bosqichlarni rejalashtirishni о‘z ichiga olgan xolda, boshqarish. 
1.4-rasm. ERP tizimining xususiyatlari. 
ERP tizimining MRPII (manufacturing resource planning – ishlab chiqarish 
resurslarini rejalashtirish) tizimidan asosiy farqlari: 

ishlab chiqarish tiplarining, hamda tashkilotlar va korxonalar faoliyati 
turlarining kо‘p sonliligi; 

faoliyatning turli yо‘nalishlari bо‘yicha resurslarni rejalashtirish; 

korporativ strukturalar orqali guruxli avtonom ishlovchi korxonalarni 
boshqarish imkoniyati; 

boshqaruv va moliyaviy rejalashtirish quyi tizimlariga e’tiborning 
kо‘proqligi; 

transnatsional korporatsiyalarni boshqaruv funksiyalarining mavjudligi; 


33 

korxonaning axborotli infrastrukturasini yaratishga, egiluvchanlikka, 
ishonchliligiga, turli dasturiy platformalar bilan moslashishiga e’tiborning kо‘proq 
qaratilganligi; 

korxonada qо‘llaniladigan ilovalar va boshqa tizimlar bilan integratsiyasi; 

dasturiy vositalari bilan integratsiyasi yoki tizimda mavjudligi; 

rivojlangan 
sozlash 
vositalari 
va 
apparat 
dasturiy 
vositalarini 
konfiguratsiyalashning mavjudligi. 
ERP II tizimi – bu internet texnologiyalari taqdim etadigan axborot kanallari 
yordamida mijozlar va kontragentlar bilan korxonaning torroq о‘zaro ta’sir etish 
imkoniyatini beruvchi ERP tizimi metodologiyasi. 
ERP tizimini tadbiq etish sabablari: 

Moliyaviy axborotni integratsiyalash 

Buyurtmalar xaqida axborotni integratsiyalash 

Ishlab chiqarish jarayonini standartlashtirish va tezlashtirish 

Omborxona zaxiralarini kamaytirish 

Personal bо‘yicha axborotni standartlashtirish 
1.5-rasm. ERP tizimlar. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Korxona resurslarini rejalashtirish (ERP). Mijozlar bilan o‘zaro

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish