43
tizimlarda ta’minlashning deyarli ilojisi yо‘q. Shu tariqa,
NoSQL-tizimlar
loyihalovchilari ma’lumotlar muvofiqligini SAP teoremasiga kо‘ra qolgan ikki
xossani ta’minlash uchun qurbon qiladi. Ba’zi MBBTlar, masalan, Riak, hatto
alohida sо‘rovlar uchun ham, tranzaksiyani muvaffaqiyatli tasdiqlash uchun
zarur
bо‘lgan tugunlar sonini belgilash yo’li bilan talab etilayotgan foydalanuvchanlik-
muvofiqlik xarakteristikalarini sozlash imkoniyatini beradi. NoSQL yechimlari
faqat masshtablashuvni hisobga olgan holda loyihalashtirilishi bilan farqlanmaydi.
NoSQL-yechimlarning boshqa о‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
Turli tipdagi omborxonalarning qо‘llanilishi.
Chizmasini keltirmagan holda ma’lumotlar
bazasini ishlab chiqa olish
imkoniyati.
Kо‘p protsessorlilikdan foydalanish.
Chiziqli masshtablanuvchanlik (protsessorlarni qо‘shish mahsuldorlikni
oshiradi).
Innovatsionlik: “faqat SQL emas” ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash
uchun kо‘p imkoniyatlar ochadi.
Ishlab chiqish vaqtini qisqarishi.
Tezlik: hatto ma’lumotlar kam bо‘lganda ham oxirgi foydalanuvchilar
tizimning javob qaytarish vaqtining yuz millisekunddan millisekundgacha
kamayishini baholashlari mumkin
1
.
Hadoop
BigDataning asos bо‘luvchi texnologiyalaridan
biri hisoblanadi
2
.
Ishlanmani Nutch loyihasi- Javada ishlovchi erkin dasturiy qidiruv mashinasi uchun
taqsimlangan hisoblashlarning dasturiy infrastrukturasini qurish maqsadida Dug
Katting (Doug Cutting) 2005-yilning boshida boshlagan. Google hodimlari Djeffri
Din va Sanjay Gemavatlarning MapReduce hisoblash konsepsiyasi haqida chop
etilgan ishi Netch loyihasining g‘oyaviy asosi bо‘ldi.
Yangi loyiha loyihaning
asoschisi farzandining о‘yinchoq fili sharafiga nomlangan
3
. Hadoop texnologiyasi
kompyuter klasterlari yordamida, paradigmadan foydalangan holda ma’lumotlarni
saqlash va qayta ishlash imkoniyatini beruvchi dasturiy freymvorkdan iborat.