|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi Pdf ko'rish
|
bet | 483/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTONGRIDning qо‘llanilishi
GRID- texnologiyalari davlat boshqaruvi tashkilotlarida, mudofa,
kommunal tо‘lovlar soxasida, xamda xususiy kompaniyalarda, masalan moliya va
energetikada faol qо‘llanmoqda. GRIDning qо‘llanilish soxasi xozirda yadroviy
fizika, atrof-muxit muxofazasi, ob-xavoni oldindan aytib berish va klimat
о‘zgarishlarini modellashtirish, biologik modellashtirish, farmatsevtikani qamrab
oladi.
“Metakompyuting” termini 20 asr 90-yillar boshida yuqori tezlikdagi tarmoq
infrastrukturasi rivojlanishi bilan birga paydo bо‘ldi va tashkilot lokal tarmog‘ida
bitta masalani yechish uchun bir qancha turli xisoblash resurslarni birlashtirishga
qaratilgan edi.
U vaqtlarda metakompyuterlarni qurishning asosiy maqsadi turli quvvatli va
turli arxitekturali xisoblash tizimlari bо‘yicha ishlar qismlarini optimal
taqsimlashdan iborat bо‘lgan.
Keyinchalik metakompyuting texnologiyalari soxasidagi tadqiqotlar lokal
yoki global tarmoqda kо‘p sonli (bir necha minggacha) kompyuterlarning xisoblash
resurslariga bir xil ruxsat berish tomoniga rivojlantirilgan. Meta-kompyuter
komponentlari oddiy shaxsiy kompyuterlar bо‘lganidek quvvtli massivli-parallel
tizimlari xam bо‘lishi mumkin.
Qaysi masalalar meta – kompyuterlarda yechish uchun tо‘g‘ri keladi?
Metakompyuterlarda xisoblash tugunlari deyarli bir-biri bilan о‘zaro ta’sir
etmaydigan va ishning asosiy qismini avtonom rejimda amalga oshiradigan kо‘rib
chiqish (pereborniy tip) va qidiruv tipidagi masalalarini yechish uchun tо‘g‘ri keladi.
Bu xolda ishning asosiy sxemasi taxminan quyidagicha: xisoblash tugunida
(foydalanuvchi kompyuteri) joylashgan maxsus agent bu kompyuterning ishlamay
turganlik faktini aniqlaydi, meta-kompyuterning boshqaruv tuguni bilan bog‘lanadi
va undan navbatdagi ishlar xajmini oladi. Berilgan ishlar xajmi bajarilishi bо‘yicha
xisob tugagach, xisoblash tuguni faktik bajarilgan ishlar tо‘g‘risida xisobotni
qaytaradi yoki qidiruv maqsadiga erishilganligi xaqida signal yuboradi.
Metakompyuter
tushunchasi – ma’lumotlarni uzatishni yuqoritezlikdagi
tarmoqlar bilan birlashtirilgan, geografik taqsimlangan resurslardan dinamik
tashkillashtirilgan virtual kompyuter deb atash mumkin. Aloxida qurilmalari
metakompyuterning tashkil etuvchi qismlari bо‘lib, bir vaqtning о‘zida
foydalanuvchilarga ulanish nuqtasi bо‘lib xizmat qiladi.
Metakompyuterli yondashuv va bugungi, masofadan ruxsat beruvchi,
dasturiy vositalar orasida qanday farq bor?
Metakompyuterda ruxsat (dostup) shaffofdir, ya’ni foydalanuchi bitta,
ammo uning stolida turgan quvvatliroq mashinadan foydalanayotganligi tasavvurga
ega bо‘ladi va uning shaxsiy kompyuterida qabul qilingan modeli chegarasida unda
ishlashi mumkin.
Metakompyuter shakllari.
|
| |