50
va ofislarda ishlatiladigan turli texnologiyalarni, ya'ni ma’lumotlarni intellektual
taxlilovchi tizimlaridan to investision taxlil vositalarigacha yaxshilaydilar.
SU oʻqitishning progressiv algoritmlari qoʻllanilganligi
tufayli va
ma’lumotlarga mos ravishda programmalashtirilib borilishi asosida SU ushbu
algoritmlarga moslashadi. SU ma’lumotlarning qonuniyatlarini aniqlaydiki ular
algoritmga ma'lum koʻnikmalarni oʻzlashtirish imkonini beradi:
algoritm
klassifikator yoki peridikatorga aylanadi. Shunday qilib, xuddi algoritm shaxmat
oʻyinini oʻrganganidek, u tegishli vositalarni taklif qilishga oʻrganishi
mumkin.Bunda modellar yangi ma’lumotlar kelishiga qarab moslashib boradi.
SU bir nechta yopiq satxli neyron toʻrlari
yordamida katta hajmli
ma’lumotlarni chuqur taxlilini bajaradi. Bir necha yillar ilgari beshta yopiq satxli
yulgʻichlikni topish tizimini yaratish mumkin emas edi. Lekin hisoblash quvvatlarini
keskin oʻsishi tufayli va “katta hajmli ma’lumotlar”ni paydo boʻlishi bilan hamma
narsa oʻzgardi.Chuqur oʻqitish modeli uchun katta hajmli ma’lumotlar kerak boʻladi,
chunki chuqur oʻqitish ular asosida olib boriladi. Shuning uchun ham ma’lumotlar
hajmi qancha koʻp boʻlsa, modelni aniqligi shuncha koʻp boʻladi.
Chuqur neyron toʻrlari SUga misli koʻrilmagan aniqliklarga erishishga
imkonnini beradi. Misol uchun Google Search qidiruv tizimi va Google Photos
hizmati bilan birga chuqur oʻqitish negizida ishlaydi, ushbu vositalardan biz qancha
koʻp foydalansak, ular shunchalik samarali boʻladi. Sogʻlikni saqlash tizimida rak
kasalligini MRT suratlarini SI texnologiyalari yordamida (chuqur oʻqitish,
tasvirlvrni klassifikasiya qilish, ob'uktlarni tanib olish) tasxishlash aniqlik jihatidan
yuqori kvalifikasiyaga ega boʻlgan rentgenologlar xulosalaridan qolishmaydi.
SI ma’lumotlardan maksimum foydani ajratib olish imkonini beradi. Oʻz-
oʻzini oʻqita oladigan algoritmlarni paydo boʻlishi bilan ma’lumotlarni oʻzi ham
intellektual mulk ob'ektiga aylanib qoldi. Ma’lumotlar kerakli javoblarni ham oʻz
ichiga oladi-faqat ularni SI texnologiyalari yordamida topib olish kerak xolos. Xozir
ma’lumotlar bir necha yillar oldingiga nisbatan ancha muxim rol oʻynaganligi bois,
ular raqobatni ta'minlashlari mumkin. Bir xil texnologiyadan foydalanilganda va bir
xil raqobat muxitida kim eng aniq ma’lumotlarga ega boʻlsa, oʻsha yutib chiqadi.