51
olingan natijalarni interpretasiya qilishga qodir boʻlgan
dasturiy vositalarni
ishlashini ta'minlashdan iborat. SU hech qachon insonni oʻrnini
bosa olmasligini
ta'kidlaymiz.
Sun’iy intellektning qoʻllanilish sohalari.
2021 yilning 17 fevral kuni
“Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy
etish
uchun
shart-sharoitlar
yaratish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.
Mazkur
Qarordan koʻzlangan maqsad–
“Raqamli Oʻzbekiston –
2030”
Strategiyasiga muvofiq sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va
ularni mamlakatimizda keng qoʻllash, raqamli ma’lumotlardan
foydalanish
imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta'minlash, ushbu sohada malakali kadrlar
tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir.