48
1969 yilda Stenford universiteti olimlari Sheki nomli SU li robotni yaratishdi.
Ushbu robot mustaqil xarakatlanishi, ma’lumotlarni qabul qilishi va oddiyroq
masalalarni echa olardi.
1997 yilda kompyuter “Dip Blyu” va shaxmat dasturini yaratishdi.
Ushbu
kompyuter Jaxon chempioni Garri Kasparovni yutib oldi.
Intellektual mashinaga yutqazgan Garri Kasparov shunday degan edi: “Agar
intellektual mashina shaxmatdan kuchlilar kuchlisini yutib olsa, demak u eng yaxshi
muzika yoza oladi, eng yaxshi kitoblarni xam yoza oladi”.
Sun’iy intellekt (SU) kompyuterlarga shaxsiy tajribasiga asoslanib oʻqish
(oʻrganish) hamda berilayotgan parametrlarga moslasha olish va ilgarilari faqat
insongina echa oladigan masalalarni echiish imkonini beradi. SU amalga oshirilgan
koʻp xollarda-shaxmat oʻynay oladigan kompyuterdan
tortib to xaydovchisiz
avtomobillarni boshqarishgacha barchasi uchun chuqur oʻqitish (glubokoe
obuchenie) va tabiiy tillarni ishlash (obrabotki estestvennogo yazika) imkoniyatlari
juda muximdir. Ushbu texnologiyalarga tayanib kompyuterlarni katta xajmli
ma’lumotlarni qayta ishlash va ulardagi qonuniyatlarni aniqlashga oʻrgatish
mumkin.
Yuqorida keltirilganidek Sun’iy intellekt-bu kompyuter,
robotlashtirilgan
kompleks, yoki biror analitik tizimni inson kabi tafakkur qilishga oʻrgatish usullarini
oʻrganadigan zamonaviy fandir.
Insoniyat sun’iy intellekt orqali XXI asr global muammolariga ilm-fanda
yangi imkoniyatlarni kashf etishi orqali ijobiy echimlar topishi bilan bir qatorda
hayot tarzining tibbiyot, ta’lim, energetika, qishloq hoʻjaligi, shaxarsozlik va boshqa
barcha sohalarida sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyatlariga erishadi.
Sun’iy intellekt atamasining koʻplab ta'riflari mavjud boʻlib,
umumlashtirgan xolda, uni insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvchi
intellektual sun’iy tizim deb atash mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida 2020 yilning “Ilm, ma'rifat
va raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish” yili deya nomlanishi respublikamizda raqamli
iqtisodiyotga oʻtish va axborot texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e'tibor
qaratayotganidan dalolat beradi. Albatta bu xalqimiz manfaati yoʻlidagi ijobiy
inqilobiy burilishdir.
Respublikada
axborot
texnologiyalaridan
keng
foydalanishni
ragʻbatlantirish orqali raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish, har bir sohaga
innovasiyalarni joriy etish va mavjud normativ-huquqiy, ma'muriy
hamda barcha
boshqa mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida 2017 - 2021 yillarda Oʻzbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar
strategiyasi doirasida bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.
Jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son
“2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi PF-5598-
son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot,