|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi Pdf ko'rish
|
bet | 488/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTONShuningdek, ushbu hujjat
sun’iy intellektni qoʻllashning asosiy
yoʻnalishlari va tamoyillarini, shuningdek, yaqin va uzoq istiqbolda ushbu sohani
kompleks shakllantirish uchun shart-sharoitlarni belgilovchi
Sun’iy intellektni
rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish
, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy
sohada, davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish
va ulardan foydalanishda yagona talablar, javobgarlik, xavfsizlik va shaffoflikni
belgilovchi
normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish,
aholi manfaatlari yoʻlida
davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilashni nazarda tutadi. Oʻz navbatida,
ma’lumotlarni qayta ishlashda davlat organlarining samaradorligini oshirish uchun
sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish
, foydali texnologik
echimlarni ishlab chiqish boʻyicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni
oʻtkazish va ularni keyinchalik tijoratlashtirishni ragʻbatlantiruvchi
sun’iy intellekt
sohasida innovasion ishlanmalarning mahalliy ekotizimini yaratish
kabi
maqsad-vazifalarni amalga oshiriladi.
Qarorda sun’iy intellekt texnologiyalarining qaysi sohalarda qay tarzda
qoʻllanilishi, bu borada koʻzda tutilgan vazifalar ham toʻliq oʻz aksini topgan.
Misol uchun, qishloq xoʻjaligi sohasida
: erni masofadan zondlash
ma’lumotlari asosida tuproq va qishloq xoʻjaligi ekinlari holatini, shuningdek,
qishloq xoʻjaligi texnikasi, shu jumladan, kombaynlar ishini monitoring qilish
jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash koʻzda tutilgan.
Bank sohasida
esa tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish
samaradorligini oshirish va ular tomonidan tartibga solish talablari (SubTech va
RegTech) bajarilishini soddalashtirish, shuningdek, bank xizmatlari koʻrsatish
sifatini tahlil qilish, foydalanuvchilarni masofadan biometrik identifikasiyalash
(Face-ID) va kredit tavakkalchiliklarini baholash uchun sun’iy intellekt
texnologiyalarini qoʻllash vazifasi belgilangan.
|
| |